Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

11.2. ТAKRORLASH 
«O‘zbekiston XXI asrda» yoki «Amir Тemur dahosi» mavzularidan 
birida insho yozing. Yozgan inshoyingizda shakldosh, ma’nodosh va zid 
ma’noli so‘zlardan foydalanishga harakat qiling. O‘tilgan mavzularni yodga 
olgan holda ishga ijodiy yondashing.


 
 
12-dars. BARQAROR BIRIKMALAR 
 
12.1. BARQAROR BIRIKMALAR 
Dars maqsadi: o‘quvchilarda barqaror birikmalar haqida bilim va 
ko‘nikmalar hosil qilish. Ularni nutqda iboralardan, maqol va matallardan, 
hikmatli so‘zlardan o‘rinli foydalanishga o‘rgatish. 
R e j a: 
* Barqaror birikmalar haqida.

Barqaror 
birikmalarning 
turlari: 
frazeologizm, 
maqol, matal va hikmatli so‘zlar. 
1-topishriq. Boshi osmonga yetdi va quvondi o‘rtasidagi umumiy 
va farqli jihatlarni ayting 
2-topshiriq. Vatanni sevish haqida uchta maqol keltiring va 
ularning o‘ziga xos tomonlarini tushuntiring. 
Nutqiy jarayonda fikrimizni bayon qilish uchun so‘zlar yordamidagina 
emas, balki bir necha so‘zlarning barqaror bog‘lanishidan hosil bo‘lgan 
birikmalardan ham foydalanamiz. 
Masalan, Тoshkentdagi istiqlol davrida qurilgan inshootlarni ko‘rib, 
og‘zim ochilib qoldi. Bu gapda og‘zim ochilib qoldi birikmasi so‘zlovchi 
tomonidan nutqqa tayyor holda olib kirilgan. 
Og‘iz ochilib qolmoq birikmasi nutq jarayoniga qadar ham tayyor holda 
barqaror birikma sifatida mavjud va mazmunan bir leksema hayron bo‘lmoq 
leksemasi ifodalagan ma’noga teng keladi. Yoki yer haydasang kuz hayda, 
kuz haydamasang yuz hayda, deydi xalqimiz, jumlasida deydi xalqimiz 
birikmasi tarkibidagi so‘zlar o‘zaro erkin bog‘langan bo‘lsa, undan oldingi 
so‘zlar so‘zlovchining nutqiga qadar xalqimiz tomonidan yaratilgan, 
tilimizda tayyor holda so‘zlarning xuddi shunday tarkibini doimiy saqlagan 
holda mavjuddir. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling