Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro barqaror muno-


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro barqaror muno-
sabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib 


kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgan 
til birliklari barqaror birikmalar deyiladi. 
Barqaror birikmalarning eng xarakterli belgilari quyidagilar: 
1. Nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik: nutqqa tayyor holda olib 
kirishlik.
2. Ma’no butunligi.
3. Тuzilishi va tarkibining barqarorligi. Barqaror birikmalardan o‘rinli 
foydalanish nutq go‘zalligini ta’minlaydi, shuning uchun ular nutqimiz 
ko‘rki hisoblanadi. 
Barqaror birikmalarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi paremiologiya 
(lot. parema barqaror, logos — ta’limot), barqaror birikmalar lug‘atini 
tuzish muammolarini o‘rganuvchi bo‘lim esa paremiografiya (lot. parema 
— barqaror, grofho — yozmoq) sanaladi. 
142-mashq. Quyida berilgan barqaror birikmalardan foydalanib, gaplar 
tuzing. Birikmalar ma’nolarini izohlang. 
Yerga ursa ko‘kka sachraydi, yaxshi ko‘rmoq, me’dasiga tegmoq, yuragi 
toza, tepa sochi tikka bo‘lmoq, ko‘nglida kiri yo‘q, og‘ziga tolqon solmoq, 
podadan oldin chang chiqarmoq, oq ko‘ngil, ko‘nglini yozdi, o‘takasi 
yorildi, tishini tishiga qo‘ymoq, iрidan ignasigacha, og‘zining tanobi 
qochadigan. 
143-mashq. Quyidagi iboralarni yozing. Ular yordamida gaplar tuzing.
Ishtahasi karnay, qo‘ling dard ko‘rmasin, og‘zi ochilib qoldi, gullab 
qo‘ydi, ko‘kragini yerga bermoq, loy bo‘lmoq, misi chiqmoq, tuyog‘ini 
shiqillatmoq, aravani tortmoq, og‘zi qulog‘iga yetmoq, tegirmonga tushsa 
butun chiqmoq, boshi osmonga yetmoq, arpasini xom o‘rmoq, taqdirga tan 
bermoq, quloq solmoq, misi chiqdi. 
 
144-mashq. Ixtiyoriy mavzuda matn tuzing. Unda iboralardan unumli 
foydalaning. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling