Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

145-mashq. Ko‘chiring. Iboralarning ostiga chizing. Ma’nosi qaysi 
so‘zga to‘g‘ri kelishini ayting. 


1. Unga yetib olganimda, vujudimni sevinch qoplagan, kutilmagan 
uchrashuvdan boshim osmonga yetgan edi. (O‘. Umarbekov) 2. Issiqning va 
yog‘liq ovqatlarning damini kesish uchun hech kim piyoladan, choynakdan 
qo‘l uzmas edi. (Oybek) 3. Ba’zan davon oshishingga ko‘zing yetmay, 
yuraging orqangga tortib ketadi. 4. So‘nggi bir-ikki soat ichida yuz bergan 
bu ikki quvonchli hodisa Rahim Saidovning boshini aylantirib qo‘ygan, kim 
bilandir ularning o‘rtoqlashgisi kelib qolgan edi. 5. Voy, qulog‘ingizga 
tanbur chertyapmanmi? Uzukni-da. Qarang, shunaqasi menga juda yarashar 
ekan. (O‘. Umarbekov) 6. Тansiq go‘yo bo‘g‘ilganday uh tortdi. Shunday 
qarindoshlarni ko‘kka ko‘targan dadasidan xafa bo‘ldi u. (Oybek) 7. Zokir 
o‘z bo‘yniga olgan tashvishining naqadar qiyinligini endi sezdi. (P. 
Qodirov) 8. Ammo Egamberdi mashinaning quli. Тez orada uncha-muncha 
mexanikka ham so‘z bermay qo‘yadi u. (Oybek) 9. Bu yoqda Jamol 
Bo‘riboyevday og‘aynilari bo‘lgan, yulduzni benarvon uradigan bunaqa 
odamlardan hayiqmoq kerak. (O. Yoqubov) 10. Rabbimning marhamatiga 
loyiq yashamoq, dunyo noz-ne’matlariga shukur keltirmoq, dard 
yopishganida sabr-toqatli bo‘lmoq, baxtli onlarida es-hushini yig‘ishtirib 
olmoq chinakam mo‘minning fazilatidir. (Gazetadan
146-mashq. Keltirilgan frazeologizmlarga antonimik juft bo‘ladigan til 
birliklari tanlang va ular ishtirokida gaplar tuzing. 
Yerga urmoq, ichi qora, qo‘li egri, pixini yorgan, sirkasi suv 
ko‘tarmaydigan, qildan qiyiq topmoq, terisiga sig‘may ketdi, yer bilan 
yakson qilmoq, iрidan ignasigacha. 
147-mashq. Badiiy asarlardan frazeologizmlarga misollar topib yozing, 
ularni izohlang. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling