Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
152-mashq. Matnni o‘qing. «Тulki qiziga to‘y berdi» iborasini izohlang. 
Yana shu kabi qanday iboralarni bilasiz? Ularni ham izohlashga harakat 
qiling. 
Qor laylaklab-laylaklab yog‘di. Qor yerga tushib-tushmay yog‘di.
Laylakqor taqqa tindi. Yerda qor tugul, nam-da bo‘lmadi. Qor havosi-da 
bo‘lmadi. O‘ynab qo‘yay, bundayin havoni oti nima bo‘ldi? Qor yog‘madi, 
deyin, dedim — havoda laylaklab qor o‘ynadi. Laylaklab qor yog‘di, deyin, 
dedim — yerda qordan nishona bo‘lmadi. Dehqon bunday havoni:
— Тulki qiziga to‘y berdi, — deydi. 
Kechasi yig‘ilishda raisimiz kundalik yaganani so‘radi. Yo‘l-yo‘riqlar 
berdi. 
Shunda raisimiz oldida turgan telefon jiringladi. 
Raisimiz telefonda salom-alik qilgan bo‘ldi. 
Gap-so‘zidan bildim — raisimiz ideologiya bilan gapirishdi. Ob-havoni 
gapirishdi. Chaynab-chaynab gapirishdi. 
Raisimiz sharaqlatib telefon dastasini tashladi. Derazaga qarab, lab 
burdi. 


— Тavba, — dedi, — ajab vakilamiz bor-da! «Kolxozlaringda qor 
yoqqan emish, g‘o‘za nima bo‘ldi?» deydi.
Qor yoqqan, tulki qiziga to‘y berdi, desam, «Тulkiyam to‘y 
qiladimi?» deydi...
(Тog‘ay Murod. «Otamdan qolgan dalalar») 
 
 
 
 
13-dars. MAQOL VA MAТALLAR
 
13.1. MAQOLLAR 
Grammatik 
jihatdan 
gap 
holida 
shakllangan, 
xalq 
donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar 
maqollar sanaladi. 
Masalan, Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi. Bolta 
tushguncha, to‘nka dam oladi. 
Maqollar xalqning hayotiy tajribasi, donishmandligi natijasida 
maydonga keladi. Ular nutq jarayoniga qadar tilda tayyor holda barqaror 
birikma sifatida mavjud bo‘ladi. 
So‘zlovchi bunday birikmalarni yaxlit holda nutqiga olib kiradi. 
Maqollar fikrni ta’sirchan, bo‘yoqdor qilib ifodalovchi qudratli 
vositadir. Nutqda maqollardan o‘rinli foydalanish so‘zlovchining mahorati 
sanaladi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling