Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

153-mashq. Quyida berilgan maqollar va matallarning ma’nosini 
sharhlang. 
1. Do‘sting bo‘lsa bog‘ing chamandir,
Do‘sting bo‘lmagani — fe’ling yomondir.
2. Arslon izidan qaytmas, yigit so‘zidan.
3. Тo‘g‘ri o‘zadi, egri to‘zadi.
4. Saxiy bilan baxil bir buloqdan suv ichmas.
5. Ko‘z qayerda bo‘lsa, mehr ham o‘sha yerda.
6. Er yigitning quvvati — el quvvati.
7. Ayolning sarishtasi — odamning farishtasi.


8. Тo‘g‘ri yurdim yetdim murodga,
Egri yurdim qoldim uyatga.
9. Ko‘ngli qoraning yuzi qora.
10. Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas.
154-mashq. Matnni ko‘chiring. Maqollarning ma’nolarini izohlang. 
Тelbaga tilmoch kerak emas,
Тelbaning terisi qalin. 
Тikan bo‘lib oyoqqa sochilguncha,
Gul bo‘lib ko‘krakka sanchil. 
Тoza ko‘zaning suvi toza.
Gado arazlasa, to‘rvasiga ziyon.
Ahmoqning aqli to‘pig‘ida.
O‘yla, izla, top o‘yini! 
155-mashq. Matnni o‘qing. Maqollarni mazmuniga ko‘ra, quyidagi 
guruhlarga ajratib ko‘chiring: 
1. Vatan va vatanparvarlik haqida.
2. Do‘stlik haqida.
3. Mehnat va mehnatsevarlik haqida.
4. Kamtarlik va manmanlik haqida.
Maqollarning har qaysisini izohlang.
O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha,
O‘z yurtingda gado bo‘l.
Bekorchining beti yo‘q,
Qozon osar eti yo‘q. 
Beli og‘rimaganning non yeyishini ko‘r.
Bir yil tut ekkan kishi


Qirq yil gavhar terar.
Bodom po‘sti bilan 
Odam do‘sti bilan.
Bir tariqdan bo‘tqa bo‘lmas.
Arg‘amchiga qil quvvat.
Buzoqning yugurgani somonxonagacha.
Ishni asbob qiladi, 
Egasi lof uradi.
Kamtar bo‘lsang osh ko‘p,
Manman bo‘lsang, tosh ko‘p
Mevali daraxtning shoxi egik. 
156-mashq. O‘zingiz donolik, manmanlik, ochko‘zlik, do‘stlik, mehnat-
sevarlik, dangasalik kabi mavzularga oid o‘nta maqol topib yozing
ma’nosini izohlang. 
157-mashq. O‘zbek maqollarining izohli lug‘atidan bir necha maqollarni 
izohi bilan o‘qing, ayrimlarini yozing. So‘ngra ularni izohlang. 
Namuna: Ignadek teshikdan tuyadek sovuq kiradi. 
Bu maqolni to‘g‘ridan to‘g‘ri shu ma’noda ham, majozan «Ozgina, 
kichkina kamchilikni, xavf-xatarni nazar pisand qilmay yurma, shundan 
senga katta ziyon-zaxmat yetishi mumkin, ehtiyot bo‘l», degan ma’noda 
ham qo‘llaydilar.
«Yolg‘iz baloga indamasang ko‘payadi» degan maqol ham borki, u 
keyingi aytilgan ma’noda ishlatiladi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling