Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

158-mashq. «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi», «O‘zbek tilining 
izohli lug‘ati», «Xotin-qizlar ensiklopediyasi» haqida nimalar bilasiz? 
159-mashq. Berilgan gaplardan zamonaviy qatlamga oid frazeologizmni 
toping va ularning semantik hamda uslubiy xususiyatlari haqida gapiring. 


1. G‘ilay kelib hiqildog‘idan olganda o‘t bilan o‘ynashayotganini 
fahmladi. 
2. Bu omi banda islom farzandi uchun bunday qasam ichmoq durust 
emasligini bilsa edi, tiliga ehtiyot bo‘lmasmidi?
3. Kecha kavushingni sudrab, poyezdga osilib kelib, bugun taxtga 
o‘tirmoqchimisan?
4. Katta ketuvchi «qozi» xo‘jayinning fe’li aynib turganini fahmlab, 
bunday kezlarda chorakta gap ham ortiqchaligini bilgani uchun lom-mim 
demay, barcha ehtiromini ta’zim orqali izhor eta oldi.
5. Ajablanarli yeri shundaki, tor ko‘ngil daladan panoh izlamoqda edi. 
6. O‘zini qudrat bobida ikkinchi o‘ringa qo‘yuvchi Kesakpolvon esa 
cholni shaharga olib kelishiga, do‘stining shu chol qo‘lidan shifo topishiga, 
shu tufayli «Asadbek — Chuvrindi» bitimining kulini ko‘kka sovurishiga 
amin edi.
7. Abdurahmon tabib unga biroz tikilib turgach, tilga kirdi.
8. Тuzatsangiz, og‘zingizga siqqancha so‘raysiz, bir tiyin kam bergan — 
nomard!
9. O‘zim ahmoqman, deb o‘yladi Kesakpol-von, yigitlarni yuborsam-ku, 
yumaloq-yostiq qilib bo‘lsa ham yetkazishardi.
10. Chol musulmonsheva ko‘rinsa-da, ba’zan o‘zini tuta olmay qolardi. 
(Т. Malik) 
160-mashq. 
«Xotin-qizlar ensiklopediyasi»dan olingan she’riy 
parchalarni o‘qing, undagi eskirgan so‘zlarni alohida belgilang, ularning 
hozirda qo‘llanilishini tushuntiring. 
1. Onalar oyog‘i ostidadir
Ravzayi jannat-u jinon bog‘i,
Ravza bog‘i visoli istar ersang,
Bo‘l onaning oyog‘in tuprog‘i.
2. Yuz tuman nopok erdin yaxshiroq,
Pok xotunlar oyog‘ining izi.
3. Boshni fido qilg‘il ano qoshig‘a,
Jismni qil sadqa ato boshig‘a.
4. Тun-kuningga aylagali nur fosh,
Birisin oy angla, birisin quyosh.


5. Onangdan bosh tovlama, oshmasin dardi,
Sharaf toji erur oyog‘in gardi.
6. Тozalikda sarvdan qolishmaydi gul,
Ammo vafo bobida sobit emas ul.
7. Yaxshi xotinlar safoyi zuhdidin
Olam ichra gar yorug‘lik bo‘lsa fosh,
Yo‘q ajab, chunkim arab alfozida
Istiloh ichra muannasdur quyosh.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling