Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

165-mashq. Ilm haqidagi hikmatlarni yod oling. 
1. Ilmsiz inson — mevasiz daraxt. 
2. Nodonga ilm o‘rgatmoq umrni zoye o‘tkazmoqdir. 
3. Ilm bir xazina bo‘lsa, bu xazinaning kaliti savoddir. 
4. Ilm kelinchakka o‘xshaydi, u hikmat va pinhonlikni yoqtiradi.
5. Ilm — inson ziynati.
6. Qog‘ozga tushirilmagan ilm unutilib ketadi. 
7. Kimki ilm bilan aqlini oshirishga urinsa, mol-u davlat o‘zi kelaveradi. 
8. Ilm bo‘lmasa odamning hayvondan farqi bo‘lmas edi. 
9. Molni ishlatganing sari ozayadi, ilm esa ko‘payadi. 
10. Har kimki erur ulamo mohir, Bo‘lg‘ay anga so‘zning husni zohir. 
(Shavqiy Kattaqo‘rg‘oniy) 
166-mashq. Quyidagi hikmatlarni o‘qing va ularga izoh bering. Ularda 
ilgari surilgan g‘oyalar haqida fikr yuriting. 
Тilimizning tovlanib turishida shoir uchun ne-ne bitmas-tuganmas 
xazinalar bor. 
(M. Shayxzoda)  


* * * 
Тil uslub uchun shaxmat taxtasidagi shohdir.
(K. Fedin) 
* * * 
Kitobxonga bir fikrni anglatish uchun yoki bir narsani tasavvur qildirish 
uchun kishining boshini qotirmaydigan ochiq, ravon va sodda til kerak. 
(A. Qahhor) 
* * * 
O‘zbek tili xazinasidagi so‘zlar shu qadar ko‘p va jilovkorki, bu tilda 
hech qiynalmasdan go‘zal asarlar: she’rlar, qissa va hikoyalar bitish 
mumkin. 
(N. Тixonov)  
167-mashq. Amir Тemur tomonidan aytilgan o‘gitlarni daftaringizga 
yozib oling va ular haqida bahs tashkil qiling. 
Ulamolar suhbatida bo‘l, pok, sof niyatli kishilarga talpin. Kechira 
olishlik mardlik, kechira bilmaslik nomardlik. Ahli ehson bilan jahon 
gulshani obod bo‘lar. Bir kalima shirin so‘z qilichni qinga kiritadi. Kitob 
barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilm-u donishning 
asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir. Ilm va dinning mashhur kishilari 
o‘z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar. Dushmanning 
kulgani — siringni bilgani. Bir kunlik adolat yuz kunlik toat-ibodatdan 
afzal. Kuch — adolatdadir. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling