15.1. O‘ZBEK LEKSIKOGRAFIYASI
(LUG‘AТSHUNOSLIGI)
Dars maqsadi: o‘quvchilarda lug‘at va ularning turlari haqida bilim va
ko‘nikmalar hosil qilish, ularni lug‘atlardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatash.
R e j a:
* Leksikografiya haqida ma’lumot.
* Lug‘at va uning tiрlari.
* Ensiklopedik lug‘atlar.
* Filologik lug‘atlar.
Тopshiriq. «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» bilan «O‘zbek
tilining izohli lug‘ati» kitoblarini
bir-biriga solishtirib, ular o‘rtasida
qanday farq borligini ayting.
Leksikografiya lot. lexikos — so‘z, grapho — chizmoq, yozmoq
so‘zlaridan olingan bo‘lib, lug‘at tuzish amaliyoti va nazariyasi
bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslikning bo‘limidir.
Leksikografiya nazariyasining predmeti lug‘at
tuzish tamoyillari va
usullaridir.
Leksikografiya amaliyoti esa lug‘at tuzuvchilarning ishini tashkil etish,
so‘zlarni kartochkalarga tushirish, sistemaga solish
va saqlash singarilarni
o‘z ichiga oladi.
Leksikografiya nazariyasida lug‘at turlari, so‘zlik tarkibi va so‘z
maqolasining tuzilishi asosiy o‘rinni egallaydi.
Avvalo, lug‘atlar ikki turli bo‘ladi: 1) ensiklopedik (qomusiy)
Do'stlaringiz bilan baham: