Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

174-mashq. «Salomatlik» ensiklopediyasidan afoniya (30-bet), nutq 
(296-bet), oliy nerv faoliyati (314-bet) so‘zlariga berilgan izohlarni o‘qing. 
Ular haqida fikr yuriting.
N a m u n a: 
Afoniya (yunoncha a — inkor qo‘shimcha va phoni — ovoz) —
shivirlab gapirish qobiliyati saqlangan holda ovoz chiqmay qolishi. A. turli 
kasalliklar: hiqildoq, nerv sistemasi, shuningdek, organizmning umumiy 
kasalliklari belgisi bo‘lishi mumkin. Chin, paralitik, funksional va spastik 
A. farq qilinadi. 
Ovoz boylamlarining yetarli yumilmasligi va tebranmasligi bilan bog‘liq 
kasalliklarida (yallig‘lanish, rak va h.k.) chin A. ro‘y beradi. Hiqildoq nervi 
faoliyatining bir tomonlama buzilishi, nerv kasalliklari paralitik A. ga 
sababchi bo‘lishi mumkin. 
Odatda, miya yarimsharlarida ovoz boylamlarini harakatlantiruvchi nerv 
mexanizmlarining vaqtincha tormozlanishi, ruhiy iztirob, qo‘rqish va B. 
natijasida funksional A. yuzaga keladi. 
Halqum va hiqildoq shilliq qavatiga o‘yuvchi kimyoviy moddalarning 
ta’sir etishi spastik A. ga sabab bo‘ladi (30-bet). 


175-mashq. «Uy-ro‘zg‘or ensiklopediya»sidan ism qo‘yish (206—208-
betlar), kutubxona (248—249-betlar), elektr asbob (500-bet) so‘zlarini 
namunadagidek ko‘chirib yozing. Bu haqda fikr yuriting.
N a m u n a: 
Dessert — dasturxonga issiq ovqatdan so‘ng tortiladigan shirin taomlar 
(kisel, kompot, krem va boshqalar), ho‘l mevalar, konditer mahsulotlari. 
Dessert uchun maxsus idishlardan foydalaniladi (dessert likop, dessert 
qoshiq, pichoq va shu kabilar) (167-bet).
 
 
16-dars. FILOLOGIK LUG‘AТLAR VA
ULARNING ТIРLARI 
Filologik lug‘atlar ma’lum bir tildagi so‘zlarni o‘z ichiga oladi. So‘zlar 
muayyan bir tartibda (yo alifbo asosida, yo mazmuniy guruhlar asosida) 
joylashtiriladi. 
Filologik lug‘atlarning o‘zi, eng avvalo, izohli va tarjima lug‘atlariga 
bo‘linadi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling