Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

177-mashq. «Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug‘ati» (Тoshkent, 
«Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati, 1998 yil, 318 bet)dan 
olingan. 
Alternativa (13-bet), birja (22—23-betlar), investitsiya (68—69-betlar), 
mafkura (106—107-betlar), ombudsman (179—180-betlar), xalqaro tillar 
(231— 232-betlar) kabi atamalardan biriga berilgan izohni daftaringizga 
ko‘chirib yozing va shu haqda fikr yuriting. 
178-mashq. «O‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug‘ati» (Тoshkent, 
«Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati, 2001)dan vatan, yurt, 
o‘lka, diyor, maskan so‘zlariga berilgan izohlarni o‘qing, so‘ng ular haqida 
bahs uyushtiring. 


179-mashq. «Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug‘ati»dan olingan 
quyidagi parchani o‘qing. 
Davlat tuzilishi va uning shakllari. Davlat o‘z tuzilishi jihatidan uch 
turda: federativ, konfederativ va unitar tarzda bo‘lishi mumkin. Bunday 
holat davlatning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi, qismlarning markaziy 
hokimiyat bilan o‘zaro munosabatlari, shuningdek, har bir hududiy 
qismning huquqiy mavqeyi turlicha mohiyat kasb etishidan kelib chiqadi. 
Unitar (yaxlit) davlatlar, federatsiyadan farqli o‘laroq, viloyat, o‘lka, 
tuman, guberna, grafliklar singari ma’muriy-hududiy qismlardan tashkil 
topgan tuzumdir. 
Federativ (murakkab) davlatlar esa davlatchilikning avtonom (muxtor) 
shtatlar, hududiy yer birliklari kabi qismlardan tuzilgan bo‘ladi. (Masalan, 
AQSHda shtatlar, GFRda hududiy yer birliklari federatsiyaning tarkibiy 
qismlaridir). 
Konfederatsiya davlat tuzilishining shunday bir shakliki, unga ko‘ra 
konfederatsiyani tashkil etuvchi davlatlar o‘z mustaqilliklarini to‘la saqlab 
qolgan holda muayyan bir maqsad (harbiy, xo‘jalik, muhim ichki va tashqi 
siyosat masalalari)da o‘z kuchlarini uyg‘unlashtirib, ish ko‘radilar. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling