Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


IMLO LUG‘AТI VA UNDAN FOYDALANISH


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
17.1. IMLO LUG‘AТI VA UNDAN FOYDALANISH 
Har bir tilda shu tildagi so‘zlarni to‘g‘ri yozishga qaratilgan 
maxsus qonun-qoidalar majmuyi bo‘ladi. Bunga imlo yoki 
orfografiya qoidalari deyiladi. Imlo qoidalari amaldagi yozuvga mos 
ravishda yaratiladi. Kirill yozuviga asoslangan hozirgi o‘zbek yozuvi 
uchun bugungi kunga qadar 1956-yilda yaratilgan imlo qoidalari asos 
vazifasini o‘tab kelmoqda. 
Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek yozuviga o‘tilishi munosabati 
bilan imlo qoidalariga ham sezilarli darajada o‘zgartirishlar kiritildi. Shu 
munosabat bilan 1995-yili A. Hojiyev muharrirligida yangi «O‘zbek tilining 
imlo lug‘ati» nashr qilindi. 


Imlo lug‘atlarida so‘zlar orfografiya qoidalari asosida alifbo tartibi bilan 
beriladi. 
185-mashq. Quyidagi imlo lug‘atlarining nashr ma’lumotlarini 
daftaringizga ko‘chirib oling va ular bilan ishlash ko‘nikmasini o‘zlashtirib 
olishga harakat qiling. 
Birlashgan o‘zbek alfaviti va orfografiyasi. — Тoshkent, «UzFAN», 
1940. 
S. Ibrohimov, M. Rahmonov. Imlo lug‘ati. — Тoshkent, «O‘qituvchi», 
1956, 1964. 
S. Ibrohimov, E. Begmatov, A. Ahmedov. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. 
— Тoshkent, «FAN», 1976. 
A. Hojiyev muharrirligi ostida chiqarilgan «O‘zbek tilining imlo 
lug‘ati». — Тoshkent, «O‘qituvchi», 1995. 
186-mashq. «O‘zbek tilining imlo lug‘ati»dan foydalanib, tubandagi 
so‘zlarning yozilishiga diqqat qiling. 
Тaajjub, taalluqli, budjet, taassurot, bug‘doy, televideniye, e’lon, e’tibor, 
izzat, jo‘shqin, ko‘za, mo‘jiza, muomala, mo‘tabar, oktabr. 
187-mashq. Quyidagi noto‘g‘ri yozilgan so‘zlarning «Imlo lug‘ati»dan 
yozilishini aniqlang hamda daftaringizga ko‘chirib oling.
afg‘on
avf
battar
baynalminal 
gram 
istehzo 
ta’magir
ta’qiqlamoq 
xayol
xohlamoq

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling