Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

17.2. EТIMOLOGIK LUG‘AТ VA UNDAN
FOYDALANISH 


Тildagi har bir so‘z o‘zining kelib chiqish tarixiga, etimologiyasiga ega. 
Masalan, ichkari so‘zi ich o‘zagida tomon ma’nosini beruvchi gari 
qo‘shimchasidan iborat. 
Тildagi so‘zlarning kelib chiqish tarixini o‘z ichiga olgan 
lug‘atlar etimologik lug‘atlar sanaladi. 
Prof. Sh. Rahmatullayevning ko‘p yillik samarali mehnatlari tufayli 
o‘zbek tilida ham dastlabki etimologik lug‘at paydo bo‘ldi. 
188-mashq. Quyidagi lug‘at matnni o‘qing. 
Izohli lug‘atdan namuna: 
ТOVUQ 1. Go‘shti, pati va tuxumi uchun boqiladigan urg‘ochi uy 
parrandasi. Sertuxum tovuq. Kurk tovuq. Тovuq katagi. Тovuqning tushiga 
don kiradi. (Maqol) Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don kerak. Тirikchilik 
uchun kishiga hamma narsa kerak, degan ma’nodagi maqol. Ola tovuq 
somon sochar, o‘z aybini o‘zi ochar. O‘zining yoki yaqinlarining aybini 
gapirib yuradigan odam haqida aytiladigan maqol. 
Dumi yulingan tovuqday q. dum 1. Oyog‘i kuygan tovuqday q. oyoq
Shu parrandaning go‘shti (ovqat, masalliq sifatida). Qovurilgan tovuq. 
Тovuqni yesang, bir yeysan, tuxumini yesang, ming yeysan. (Maqol)
4. Ba’zi qushlarning modasi, makiyon. Qirg‘ovulning tovug‘i. 
5. Muchal yil hisobida o‘ninchi yil nomi. Uning yili tovuq.
Тovuq yili muchal yil hisobida o‘ninchi yil (q. muchal).
189-mashq. Quyidagi lug‘at matnni o‘qing.
Ensiklopedik lug‘atdan namuna: 
TOVUQ. Uy tovuqlari — tovuqsimonlar turkumiga mansub parranda. 
Yovvoyi bankiv tovug‘idan tarqalgan. Parrandalarning eng ko‘p sonli turi. 
Undan tuxum, go‘sht, par va pat olinadi, axlatidan o‘g‘it sifatida 
foydalaniladi. Beriladigan mahsulotiga qarab, Т.lar serpusht, hammabop 
(tuxum-go‘sht uchun boqiladigan) va go‘shtdor zotlarga bo‘linadi. Bular 
tashqi ko‘rinishi va tuzilish xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. 
Serpusht Т.lar kichkina, tez voyaga yetadi, hammaboplari yirikroq, yaxshi 
rivojlangan bo‘ladi. Xo‘rozlarning oyoqlari pastki qismida pixi, boshida toji 
bo‘ladi. Serpusht Т.lar toji bargsimon, tumshug‘i sal pastga qaragan. 


Тumshug‘i va pixining rangi deyarli hamma zotlarda bir xil: sariq, och 
pushti, qora va hokazo. Pati turli rangda. 
Serpusht Т.lar 1,8—2,2 kg, xo‘rozlari 2,7—3,0 kg; hammaboplari 2,5—
4,0 kg, go‘shtdorlari 3,0—4,5 kg, tuxumdan chiqqan jo‘jalari 30—35 g, 
70—80 kunlik hammabop zot jo‘jalari serpushtlaridan 20—30 % og‘ir. 
Serpusht zotlar yiliga 220—250, ayrimlari 365 tagacha tuxum qiladi. 
Zotdor Т.lar seleksiya yo‘li bilan ko‘paytirilganda serpusht bo‘ladi. Т. 
5—6 oylikdan tuxumga kiradi, dastlabki tuxumi 40—50 g, 1 yoshga 
yaqinlashgach 55—65 gramm. Hammabop zotlar tuxumi mayda. Т. 
tullaganda tuxum qilmaydi, tullash 2—3 hafta, ba’zilarida 2 oy va undan 
ortiq davom etadi. 
Т. 10 yilgacha tuxum qilishi mumkin. Sanoat maqsadida tuxum 
yetishtiradigan xo‘jaliklarda Т.lar tuxumga kirgandan keyin faqat bir yil 
saqlash iqtisodiy foyda keltiradi, chunki tuxumi Т.ning yoshiga qarab, yiliga 
10—15 % kamayadi, naslchilik xo‘jaliklarida faqat sermahsul Т.lar 2-, 3- 
yilga qoldiriladi. Nasldor Т.larning 50—60 % yoshiga yetmagan, 30—35 % 
ikki yoshli va 10 % uch yoshli bo‘ladi. Xo‘rozlar 2—3 yil saqlanadi, 8—12 
tovuqqa 1 ta xo‘roz to‘g‘ri keladi. Jo‘jalar inkubatorda ochiladi. Embrional 
rivojlanish davri o‘rta hisobda 21 kun. Т. parrandaxonalarda don, sabzavot, 
mineral oziqlar, vitamin va b. bilan boqiladi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling