Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
 
 
 
19-dars. PUBLITSISТIK VA BADIIY USLUB
 
19.1. PUBLITSISТIK USLUB 
Publitsistika (lot. publika — xalq, omma) davrning eng muhim, dolzarb 
masalalarini o‘quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal
radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning 
ongiga atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy 
qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. 


Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, tele-
videniye), Oliy Majlis yig‘inlarida, turli xil anjumanlarda 
qo‘llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi. 
Publitsistik uslub ikki xil shaklda namoyon bo‘ladi: 1) yozma 
shakl; 2) og‘zaki shakl. 
Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan bosh maqolalar, felyeton va 
pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik 
uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan 
siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning 
og‘zaki shaklidir. 
Publitsistik uslubning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan 
ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo‘lishlik, hozirjavoblik
ta’sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubi ijtimoiy masalalarga 
harakatchanliligi tufayli unda ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi 
so‘zlar ko‘proq qo‘llaniladi. Masalan, isyon, irqchilik, qo‘poruvchilar, 
siyosiy tanglik, bitim va boshqalar. 
Publitsistika bir qancha janrlarga ega. Har qaysi janrning o‘zi, masalan, 
gazeta, radio, televideniyeda beriladigan reportajlar uslub va uslubiy 
vositalari hamda o‘zida berilayotgan reportaj, pamflet, felyeton kabi nutqiy 
vositalari jihatidan farqlanadi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan ularning 
hammasi bir umumiy belgi asosida publitsistik nutqning turli ko‘rinishlari 
sanaladi. U ham bo‘lsa, nutqning jamiyatga qaratilganidir. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling