Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
Savol va topshiriqlar  
1. Publitsistik uslubning o‘ziga xos tomonlarini ayting.
2. Qanday uslubga publitsistik uslub deyiladi?
3. Publitsistik uslubning qanday shakllari bor? 
198-mashq. Quyidagi matnni o‘qing. Uning nima sababdan publitsistik 
uslubga kiritilganini izohlang. 
MILLIY MAFKURANING NEGIZI 
Siyosiy tutqunlik og‘ir, lekin milliy o‘lim — millatning butkul 
halokatidir. O‘zbek xalqi o‘tgan asrda chorizm istilosi tufayli siyosiy 
tutqunlikka tushdi, biroq milliy qiyofasini yo‘qotmadi. Ana shu milliy 
qiyofamizdan butungi siyosiy mustaqilligimiz o‘sib chiqdi, chunki 
ma’naviyat siyosiy ozodlikka chorlayveradi. Prezident aytganidek: 


«Jamiyatimiz mafkurasi xalqni — xalq, millatni — millat qilishga xizmat 
etsin». 
Milliy mafkuramizning negizlaridan biri — tilga bo‘lgan munosa-
batimizdadir. Тil — millat vakillarini mustahkam birlashtiruvchi, tutib 
turuvchi belbog‘. Demak, bu ramziy belbog‘ning kuchi, qudrati siz-u 
bizlarning ona tilimizga bo‘lgan munosabatimizga bog‘liqdir. 
Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar. 
Qayerdaki mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona mafkura 
hukmronlik qilishi ham tayin. Mafkura sohasida bo‘shliq vujudga kelishiga 
aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Inson uzluksiz ravishda ezgulikka yo‘g‘rilgan 
ruhiy, ma’rifiy va ma’naviy oziqa olib turmasa, bularning o‘rnini yot 
ta’sirlar ishg‘ol etadi. 
Milliy mafkura millatning tub manfaatlarini nazariy asoslab berishiga va 
himoya qilishga da’vat etilgandir, uning bosh vazifasi ham shudir. Bizning 
istiqlol mafkuramiz asriy milliy qadriyatimizga, yangi vujudga kelgan va 
kelayotgan 
xalqimizning 
bugungi 
va 
kelajakdagi 
manfaatlarini 
ifodalaydigan fikrlarga — xalq tafakkuriga asoslanishi lozim.
(A. Ibrohimov) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling