Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

200-mashq. Matnni o‘qing, publitsistik uslubga xos bo‘lgan 
ko‘tarinkilik, ifodalilikka diqqat qiling.
ТEMUR BOBOGA MUROJAAТ! 
Тun yozib yubordi qora zulfini, majnuntol belanchakni tebrab ohista, 
qurbaqa-yu chigirtkalar boshlaydi alla. Parquv bulutlarga boshini qo‘yib, 
hilol uxlayotir shirin, beozor. Go‘zal kanizaklar — hadsiz yulduzlar uning 


tegrasida qurishar davra. Sokinlik ko‘rpasin yopinib olib, mizg‘iyotir Zamin 
tinch va osuda... Faqat mening bezovta qalbim uyqu to‘rlariga ilinmaydi 
hech. Ichki tug‘yonlarim bo‘g‘zimdan toshib, Sizga xat bitmoqqa tutaman 
qalam. Siyohimning rangi etmasin hayron, siyohdonga dilim qonin ezg‘ilab 
to‘kdim. 
Dil so‘zlaring ne deysizmi? Eshiting bobo!
Siz tiklagan Тuronzamin halihanuz turadur, og‘a-ini turkiyingiz bir-
birini suyadir. Biri o‘zbek, biri tojik, biri qirg‘iz, turkmandir, bir-biriga 
xuddi tog‘a, og‘a-ini, singildir. 
Bobojonim, axir ayting, orzuyingiz shul emasmi, tomirimda oqayotgan 
Тurkiy degan qonmasmi? Siz yaratgan ko‘hna bino, qarang, qanday 
ko‘rkamdir. Bir-biriga do‘stlasharkan o‘g‘lonlaringiz, Bobo, yurtning, 
elning kelajagi gullab, yashaydi obod. 
Qaytib keldi elga insof, vijdon hamda e’tiqod, go‘yo qora zulmat ichra 
balqib chiqdi, nur, oftob. Erlarida mardlik mo‘l-ko‘l, ayolida nazokat, 
farzandlari bari baxtli, yurtda ko‘pdir halovat. Тinglang, bobo. O‘g‘lonlari 
yurtim deya uyg‘onsin, qalbimda erk ataluvchi o‘chmas olovlar yonsin, 
yog‘iylarning ko‘zi chiqib, soqolini silasin, qabrdan ham qo‘llab turgan 
qo‘ling yaxshi deyarlar, fido bo‘lay, jonim bobo, qo‘llab turing o‘zingiz. 
Ijobat bo‘lur, bilaman, Sizning har duoyingiz... 
...Vaqt oxirlab qolibdi, qalamim ham tolibdi. Otayotgan tong misol 
yorug‘ bo‘lsin kelajak, pok ruhingiz qo‘llasin, farzandingiz kutajak. 
(D. Jo‘rayeva)  

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling