Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
202-mashq. Chistonlarni o‘qing, ular asosida she’riy asarlarning o‘ziga 
xos xususiyatlari haqida fikr yuriting. Yana qanday she’riy janrlarni bilasiz. 
Misollar keltiring.
U nima, og‘zi bor ammo tishi yo‘q,
Og‘ziga ne tushsa qiyar, ishi yo‘q.


Barmoqni tekkizar bo‘lsang og‘ziga,
Changalin soladi, hech qo‘rqishi yo‘q.
Katta tuya — dumi yo‘q,
Ovqat uchun g‘ami yo‘q.
Daryodan suv ichadi,
Odamga rizq sochadi. 
U nadirkim doimo davron kezar,
Barcha olam ichra sargardon kezar,
Yo‘q qarori, bir umr g‘ayratdadir,
Elga rizq bermoq uchun hikmatdadir.
(A. So‘fiyev) 
203-mashq. Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Padarkush» dramasidan 
olingan parchani o‘qing. Dramatik janrning o‘ziga xos xususiyatlari haqida 
fikr bildiring. 
D o m l a: — Shariat ilmi va zaruriyati diniya bilmoq uchun 
boyvachchani o‘qutmak, albatga, sizga lozimdur. 
B o y: — Shariat ilmini o‘qutmakni lozim bilmayman, chunki ani mufti 
yo imom va muazzin qilmoqchi emasman. Azbaski, davlatim anga yetar. 
D o m l a: — Zaruroti diniyaga na dersiz? 
B o y: — Men o‘zum besh vaqt nomozni keraklik duolari ila bilurman. 
O‘zum o‘rgaturman. 
D o m l a: — Xat va savodga na dersiz? Holbuki, savodi yo‘q odam hech 
nimaga yaramaydur. 
B o y: — Bu fikringiz g‘alat, chunki meni savodim yo‘q, bovujud shul 
shahrimizni katta boylaridandurman va har ishni bilurman. 
D o m l a: — Siz ilgari zamonda bir nav’i ila boy bo‘lubsiz, ammo endi 
boy bo‘lmoq nari tursun, faqat ro‘zg‘or o‘tkarmak uchun ilm kerak... 
204-mashq. She’rni o‘qing, uslubiy xossalarini aniqlang. Badiiy 
uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini toping. 
BOBUR DARDI 
Boshlab keldi bu yoqlarga oyoqlarim,
Qaytib ona tuprog‘imga ketolmadim.
Farg‘onada qolmish do‘st-u o‘rtoqlarim,


Qaytib ular visoliga yetolmadim,
Amudaryo, suvlaringdan o‘tolmadim... 
Qorlar erir bu daryolar oqar toshib,
Ketgim kelar ona yurtga tog‘lar oshib,
Lekin dushman yo‘lim to‘sgay doim shoshib,
Ona diyor, visolingga yetolmayman,
Amudaryo, suvlaringdan o‘tolmayman...
Dushmanlarning qo‘li uzun zamon bo‘ldi,
Ona yurtim yov qo‘lida tamom bo‘ldi,
Тashlab chiqdim — bu ishim ko‘p yomon bo‘ldi,
Qaytib endi u yoqlarga yetolmayman,
Amudaryo, suvlaringdan o‘tolmayman.
Vafo qilmay jafo qildi do‘st-u yorim,
Hind — afg‘onga boshlab keldi nomus, orim,
Qaytmoq uchun garchi ko‘pdir ixtiyorim,
Lekin ortga qaytolmayman, ketolmayman,
Amudaryo suvlaringdan o‘tolmayman...
(Abdulhay Sobirov)  
205-mashq. O‘qing, matnning qaysi uslubga xos ekanligini ayting. 
1. Qorda ko‘milgan izni dadam ko‘ribdi shekilli, kechqurun oyimdan 
so‘radi:
— Kimga ko‘mir berding? 
Oyim aybdor qiyofada yerga qarab turdi-da, rostini aytdi. 
— Habiba buvi shamollab qopti. Ko‘miri yo‘q ekan, oborib berdim. 
Dadam oyimni urishmadi. (O‘. Hoshimov
2. Ona tili hayotning qon tomiridir. Ona tiliga beparvo bo‘lgan xalq 
halokatga mahkum. Diniga, ma’rifatiga, xulq-atvoriga, kiyim-kechagiga va 
hayot tarziga ko‘ra o‘zaro qo‘p mushtaraklikka ega bo‘lgan Ovro‘pa 
xalqlari, shunga qaramay, har qaysisi o‘z ona tilini saqlab qola bilgan. Ular 
ona tillari uchun jonlarini ham, mollarini ham ayamaydilar, chunki 
biladilarki, tili yo‘q bo‘lsa, millat ham yo‘q bo‘lib ketadi. (Ismoilbek 
G‘asprali)



Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling