Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
 
20-dars. RASMIY VA ILMIY USLUB
 
20.1. RASMIY USLUB 
Huquqiy qonunchilik va ish yuritish munosabatlari doirasida 
qo‘llaniluvchi nutq uslubi rasmiy uslub hisoblanadi. 
Rasmiy uslub quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1. Sof qonunchilik uslubi (qonun, farmon, fuqarolik va jinoiy aktlar, 
nizomlar uslubi). 
2. Idoraviy — devonxona uslubi (buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, 
tavsifnoma, tarjimayi hol, ishonchnoma, dalolatnoma); diрlomatik uslub 
(nota, bayonotnoma, bitim, konvensiya va boshqalar). 
Rasmiy uslub deyarli yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday 
tasviriy vositalardan, obrazlilikdan xoli bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki 
vazifasi — axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. 
Masalan, ma’lumotnomada axborot berilsa, buyruqda da’vat etish, axborot 
o‘z aksini topgan bo‘ladi. 
Rasmiy uslubga mansub har qaysi turning o‘ziga xos leksik, grammatik 
xususiyatlari mavjud. Masalan, qaror, farmonlarning o‘ziga xos tomoni 
shundaki, bunday matnlardagi gaplarning kesimi III shaxs majhul 
nisbatidagi fe’llar orqali ifodalanadi (ogohlantirilsin, topshirilsin kabi). 
Ma’lumotnomada esa birinchi gapning kesimi gap boshida keladi. 
Rasmiy ish qog‘ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliрlarga 
bo‘ysunadi. Masalan, «Ushbu ma’lumotnomani ko‘rsatuvchi G‘. Mo‘minov 
haqiqatan ham O‘zbekiston Milliy universitetining matematika fakultetida 
dekan o‘rinbosari lavozimida ishlaydi...» 
 
Savol va topshiriqlar 
1. Rasmiy uslub nima?
2. Rasmiy uslubning qanday turlarini bilasiz?
3. Rasmiy uslubning o‘ziga xos tomonlari haqida gapiring. 
 
206-mashq. Ariza namunasini o‘qing. Siz ham o‘zingizga moslab shu 
asosda ariza yozishga odatlaning. 


N a m u n a:
Asaka akademik litseyi direktori
 
 
 
 
 
 
 D. Mo‘minovga 2-bosqich tala- 
 
 
 
 
 
 
 basi M. Abdullayevdan  
A r i z a 
2009-yilning 
4—6-aprel 
kunlari 
Chirchiq 
shahrida 
respublika 
birinchiligi uchun boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqalarda ishtirok 
etishim uchun ruxsat berishingizni hamda ko‘rsatilgan kunlarda darslardan 
ozod qilishingizni so‘rayman. 
(imzo)  
M. Abdullayev  
2009-yil 2-aprel  

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling