Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

207-mashq. Elektr quvvatini hisob-kitob qilish bo‘yicha abonent 
daftarchasining qanday to‘ldirilishiga diqqat qiling. Xonadoningizdagi 
telefon, gaz bilan bog‘liq daftarchalarni to‘ldirishga urinib ko‘ring. 
Abonent manzili: Buxoro shahri, Fitrat ko‘chasi, 3-uy. 
Abonent № 3095276, I. Vohidov. 
208-mashq. Bildirishnoma, tilxat, ishonch qog‘ozi, majlis bayoni
dalolatnoma kabi ish qog‘ozlarini yozing. So‘ng ularni birgalikda tahlil 
qiling.
N a m u n a: 
ISHONCH QOG‘OZI 
Men, Urganch akademik litseyining 2-bosqich talabasi O. Olloberganov, 
menga litsey tomonidan ajratilgan mukofot pulini sinfdoshim A. 
Do‘simovning olishi uchun ishonch bildiraman. 
A. Do‘simovning tug‘ilganligi haqidagi guvohnomasi № ТN 5891346. 
(imzo)
O. Olloberganov  


2009-yil 8-fevral 
209-mashq. Quyidagi reklama matnini o‘qing. Uning tili va uslubi 
ustida ishlang. 
AZIZ HAMYURТLAR! 
Agar Andijonning eng xushhavo va xushmanzara go‘shasi bo‘lmish 
Bog‘ishamolga Sizning yo‘lingiz tushsa, albatta, «Bir zumda» oshxonasiga 
kirib o‘ting. Bu yerda tayyorlanayotgan turli-tuman shirin milliy taomlar
qulay shart-sharoitlar va yuqori darajada ko‘rsatilayotgan xizmatimiz sizga, 
so‘zsiz, manzur bo‘ladi. Qolaversa, go‘zal O‘zbekistonimizning mashhur 
kishilari bilan bir piyola choy ustida suhbatda bo‘lishingiz mumkin. 
Ko‘nglingiz ko‘tarilib, kayfiyatingiz a’lo bo‘lishiga shak-shubha yo‘qdir. 
Shu bilan birga, «Bir zumda» oshxonasida tavallud kunlaringizni, nikoh 
kechalarini va boshqa turli tantanalarni o‘tkazishingiz mumkin. 
Biz Sizni kutamiz, Sizga xizmat qilganimizdan mamnunmiz. 
Manzilimiz: Bog‘ishamol dahasi, «Bir zumda» oshxonasi. 
Тelefonlarimiz: 24-88-09, 93-34-77.
Aziz mehmonimiz bo‘ling! 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling