Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

20.2 ILMIY USLUB 
Ilm-fan sohasida qo‘llaniluvchi nutq uslubi ilmiy uslub 
hisoblanadi. 
Ilmiy uslub daliliy ma’lumotnomalar asosida chiqarilgan ilmiy 
xulosalarga (ta’rif-qoidalarga) ega bo‘lish, atamalarining keng qo‘llanilishi 
bilan boshqa uslublardan farq qiladi. 
Ilmiy uslub ham o‘z ichida ikki guruhga bo‘linadi: 1) sof ilmiy 
uslub; 2) ilmiy-ommabop uslub. 
Sof ilmiy uslub muayyan fan sohasidagi kishilarga nisbatangina 
qo‘llaniladi. Shuning uchun bu uslubda fanning ma’lum sohasiga doir 
atamalar keng qo‘llaniladi. 
Ilmiy-ommabop uslubda esa fan yutuqlarini keng ommaga yetkazish 
maqsad qilinadi. Shuning uchun bunday uslub publitsistik uslubga yaqinroq 
bo‘ladi. Ma’lum fan sohasiga doir atamalar qo‘llanilsa ham, lekin bu 
atamalar xalqqa tushunarli bo‘lishi uchun izohlanadi. 


Sof ilmiy uslubning o‘zi ham fan tarmoqlari bo‘yicha bir-biridan farq-
lanadi. Masalan, matematika uslubi bilan tarix yoki adabiyotshunoslik 
uslubi bir xil emas. Тarix va adabiyotshunoslik uslubi publitsistik uslubga 
yaqinroq tursa, matematika fanining bayon qilish uslubida eng yuqori 
darajadagi mavhumlashtirish, turli xil formulalar, shakliy ifodalar orqali 
ilmiy xulosalarni bayon qilish kuchli bo‘ladi. 
 
Savol va topshiriqlar  
1. Ilmiy uslub deganda qanday uslubni tushunasiz?
2. Ilmiy uslubning o‘ziga xos belgilari qanday?
3. Ilmiy uslubning qanday turlari bor? 
210-mashq. Matnni o‘qing, ilmiy uslubga xos bo‘lgan o‘rinlarga diqqat 
qilib ularni izohlang. 
Bakteriyalarni o‘ldiradigan va organizmni yuqumli kasalliklarga qarshi 
chidamli qiladigan moddalar qonda bo‘ladi. 
Leykotsit tarkibidagi leykin ham bakteriyalarni o‘ldiradi. Shuningdek
leykinga o‘xshash plakin degan modda qon trombotsitlaridan ajratib olinadi. 
Qonning tabiiy muhofaza moddalaridan biri betalizin hisoblanadi. 
Mana shulardan tashqari, qon va organizm suyuqliklarida «ingibitorlar» 
deb atalgan moddalar ham topilgan. Ular mikroblarning rivojlanishini va 
ko‘payishini to‘xtatibgina qolmay, balki viruslarga qarshi g‘oyatda faol 
ta’sir qiladi. Chunonchi, nukleazalar oqsil tabiatli fermentativ moddalar 
bo‘lib, nuklein kislotalarni parchalaydi. Shunisi ham borki, ribonuklein 
kislota RNKning faqat ribonukleaza fermenti, dezoksiribonuklein esa
DNKning dezoksiribonukleaza fermentinigina parchalaydi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling