Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

211-mashq. Matnni o‘qing, unda ishlatilgan atamalarga diqqat qiling va 
ularning ilmiy uslubni vujudga keltirishdagi o‘rnini belgilang.
Mikrobiologiyaning rivojlanishi tufayli sanoatda turli antibiotiklar
aminokislotalar, stearid garmonlar va enzimlar ishlab chiqarish imkoniyati 
tug‘ildi. 
Hozirgi vaqtda sintetik yuvuvchi vositalarda gidromentlar ishlatilmoqda. 
Ular suvda erimaydigan murakkab organik moddalarni katalizator sifatida 
parchalaydi, natijada hosil bo‘lgan «mayda» molekulalar suvda yaxshi 


eriydi. Shu tiрdagi ferment (enzim)lardan proteazlar kengroq tarqalgan. 
Bundan tashqari, amilaza ham keng ishlatilmoqda; bu ferment 
uglevodorodlarni gidroliz qiladi va yog‘ni parchalaydi. 
Mamlakatimizda yaqindan beri tarkibiga enzim qo‘shilgan yuvuvchi 
vositalarning yangi xillari ishlab chiqarilmoqda. «Sino» pastasi va «Oka» 
poroshogi turli xil gazlamalar va sun’iy-sintetik tolalardan to‘qilgan 
kiyimlarni yuvish uchun mo‘ljallangan. 
212-mashq. Iqtisodiyot sohasiga oid quyidagi matnni o‘qing. Ilmiy 
uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering. Atamalarni 
daftaringizga ko‘chirib yozing va izohlang. 
Bozorda, tovar muomalasi jarayonida tovar pulga almashinishi (sotish) 
va pulning tovarga almashinishi (xarid qilish) sodir bo‘ladi. Bunga tovar-pul 
munosabatlari deyiladi. Shuning uchun ham bozor pul vositasida tovarlar 
oldi-sotdisi asosida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuasidir. 
U xaridorlar va sotuvchilarni birga qo‘shuvchi mexanizm sanaladi. 
Bozor iqtisodiy kategoriya sifatida takror ishlab chiqarishning 
ayirboshlash bosqichiga xosdir. Bu yerda ayirboshlashni tushunish kerak. 
Bir tovar to‘g‘ridan to‘g‘ri (barter yo‘li bilan) ikkinchi bir tovarga almash-
ganda bozor munosabatlari yuzaga kelmaydi. Bundan ko‘rinadiki, 
bozorning eng muhim sharti pul bo‘lib, tovar ayirboshlashganda u vositachi 
bo‘lishi kerak. Berilgan ta’rifga ko‘ra aytish mumkinki, bozor jamiyatdagi 
ishlab chiqarish munosabatlari tizimining murakkab iqtisodiy tarkibiy 
qismidir, chunki u ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi o‘rtasida markaziy 
o‘rin tutadi. Demak, jamiyat rivojlanishining nafaqat iqtisodiy, balki 
ijtimoiy tomonlarini ham qamrab oladi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling