Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

213-mashq. Quyidagi atamalar asosida ilmiy uslubga xos matn tuzing. 
Vazn, aruz, qofiya, she’riy janr, tuyuq, misra, radif, ruboiy, oddiy ruboiy, 
taronayi ruboiy. 
214-mashq. Ko‘chiring. Berilgan matndan ilmiy uslubga xos so‘zlarni 
aniqlang. 
Sonli tengsizliklarning asosiy xossalari. 
Istalgan qo‘shiluvchining, tengsizlikning bir qismidan ikkinchi qismiga 
shu qo‘shiluvchining ishorasini qarama-qarshiga almashtirgan holda 
ko‘chirish mumkin. 


Agar tengsizlikning ikkala qismi ayni bir musbat songa ko‘paytirilsa, u 
holda tengsizlik ishorasi o‘zgarmaydi. Agar tengsizlikning ikkala qismi ayni 
bir manfiy songa ko‘paytirilsa, u holda tengsizlik ishorasi qarama-qarshisiga 
o‘zgaradi. 
Chap va o‘ng qismlari musbat bo‘lgan bir xil ishorali tengsizliklarni 
ko‘paytirish natijasida xuddi shu ishorali tengsizlik hosil bo‘ladi. 
(Darslikdan) 
215-mashq. 
«Тadbirkorlikka keng yo‘l», «Kichik korxonalar 
hayotidan», «Bozor infrastrukturasi», «Makroiqtisodiyot nima?» kabi 
mavzulardan birida ilmiy-ommabop matn tuzing, matnning o‘ziga xos 
tomonlarini izohlang. 
216-mashq. Uch guruhga bo‘lining: 1-guruh huquqshunoslik, 2-guruh 
matematika, 3-guruh tilshunoslik faniga oid atamalarni yozib izohlasinlar. 
217-mashq. O‘qing. Quyidagi matn ichidan ilmiy uslubga xos so‘zlarni 
toping. Shu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. 
Ikkinchi darajali bo‘laklar fikrni to‘laroq va mukammalroq ifodalash 
uchun xizmat qiladi. Ular faqat bosh bo‘laklarga bog‘lanib, ularni izohlab, 
to‘ldiribgina qolmay bir-birlariga bog‘lanishi, bir-birining ma’nosini 
aniqlashi ham mumkin. 
Gaplar tuzilishiga ko‘ra, to‘rt xil bo‘ladi: sodda, qo‘shma, murakkab 
gaplar va periodlar. 
Sodda gap ma’lum fikr, maqsadni ifodalovchi, grammatik va intonatsion 
tomondan shakllangan sintaktik birlikdir. Sodda gap tuzilishiga ko‘ra yig‘iq 
yoki yoyiq bo‘lishi mumkin. Bosh bo‘laklardan tarkib topgan gaplar yig‘iq 
gap, agar bosh bo‘laklardan tashqari ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok 
etsa yoyiq gap sanaladi.
218-mashq. O‘qing. Matnning qaysi uslubga xosligini aniqlang, uni 
boshqa uslubga o‘tkazib gapiring. 
Тekislikdagi tuproqning tarkibi, undagi nam miqdori, turli yil fasllardagi 
issiqlik va yorug‘lik miqdoriga qarab tog‘ oldi va tog‘larda turli-tuman 
o‘simliklar o‘sadi. Qanday bo‘lmasin bitta turning katta-katta maydonlarda 
chakalakzor hosil qilishi tabiatda juda kam uchraydi. Odatda, har xil 
o‘simliklar birgalikda yashayvermasdan, balki ma’lum o‘simlik turlari bir-


biri bilan birga o‘sadi. Тabiatda o‘simliklarning gruppalanishi tasodifiy 
emas. O‘simliklar millionlarcha yillar davomida shunday turkumlanib 
qolgan. Muayyan tashqi muhit bilan bog‘langan o‘simliklargina birgalikda 
o‘sishi mumkin edi. Shuning natijasida ma’lum bir joydagi sharoitlarga 
moslashgan o‘simlik gruppalari, ya’ni birga o‘sadigan o‘simliklar paydo 
bo‘lgan. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling