Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
 
 
 
21-dars. MORFOLOGIYA VA UNING
O‘RGANISH OBYEKТI. 
SO‘Z ТURKUMLARI 
 
21.1. MORFOLOGIYA VA UNING O‘RGANISH OBYEKТI 
Dars maqsadi: grammatikaning morfologiya qismi va uning o‘rganish 
obyekti haqida talabalarda bilim hamda ko‘nikma hosil qilish. 
R e j a : * Grammatika va uning qismlari.
* Morfologiya va uning o‘rganish obyekti: so‘z 
shakllari.
* Morfologiyaning leksikologiya bilan aloqasi.
* Morfologiyaning sintaksis bilan aloqasi. 
1-topshiriq. Kitobni, kitobga, kitobim, kitoblar so‘zlarining 
hammasida takrorlanayotgan umumiy qism va unga qo‘shilayotgan 
o‘zgaruvchi qismni toping. Ko‘makchi morfema (o‘zgaruvchi qism) 
va yetakchi morfema (umumiy qism) ma’-nolarini tushuntiring. 
2-topshiriq. Kitob so‘zining uch shaxsga munosabatini ko‘rsating. 
Masalan, I kitobim. II ..... , III...... 
Shaxsga munosabatni ifodalayotgan qismlarni ayting. 
Siz kitobning I bo‘limida leksikologiya yuzasidan izchil ma’lumot 
oldingiz. Leksikologiyaning o‘rganish obyekti leksik so‘z (leksema) va 
uning ma’nolari ekanligini bildingiz. 
Grammatika (grek. grammatika «harf o‘qish va yozish san’ati», «harf») 
atamasi tilning morfologik va sintaktik qurilishi va bu qurilishni 
o‘rganadigan tilshunoslikning bo‘limi ma’nolarida qo‘llaniladi. Demak, 


grammatika tilshunoslikning morfologiya va sintaksis bo‘limlarini o‘z 
ichiga oladi. 
Morfologiya (grek. morhfos «shakl», logos «ta’limot» 
so‘zlaridan olingan bo‘lib) so‘z shakllari haqidagi ta’limotdir. 
Тilshunoslikning leksikologiya bo‘limi ham, morfologiya bo‘limi ham 
so‘z haqida bahs yuritadi, lekin bu ikki bo‘lim so‘zning qaysi tomoniga 
e’tibor qaratishi bilan bir-biridan farq qiladi. Leksikologiya leksik so‘z 
(leksema)larni, ularning atash ma’nolarini o‘rgansa, morfologiya so‘zning 
grammatik ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi shakllarni, ya’ni 
so‘zning morfologik shakllarini o‘rganadi. Masalan, qalam, qalamning, 
qalamni, qalamga, qalamdan, qalamda shakllari bir so‘zning (qalam 
so‘zining) turli shakllari hisoblanadi. Bu so‘z shakllarining hammasida 
takrorlanayotgan qalam qismi ikkita ma’noga ega. Birinchi ma’nosi yozish, 
chizish uchun mo‘ljallangan grafit toshga yog‘och qoplama o‘rnatilgan 
o‘quv qurolini bildiradi. Bu qalam leksemasining (leksik so‘zning) atash 
ma’nosi sanaladi. Leksik so‘zning atash ma’nolari leksikologiyada 
o‘rganiladi. Shu bilan birgalikda qalam so‘zi daftar, kitob so‘zlari singari 
nima? so‘rog‘iga javob bo‘lib, predmetlik, bosh kelishiklik, birlik 
ma’nolariga ham ega. Bu esa qalam so‘zining ikkinchi ma’nosi — 
grammatik ma’nosi sanaladi. Ana shu grammatik ma’nolar va ularni 
ifodalovchi vositalar morfologiya bo‘limida o‘rganiladi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling