Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Shunday qilib, morfologiya so‘z turkumlari va ularning


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Shunday qilib, morfologiya so‘z turkumlari va ularning 
grammatik shakllari bo‘yicha bahs yuritadi. 
Ko‘rinadiki, so‘zning leksik ma’nosi bilan ularning predmetlik, belgi, 
harakat singari ma’nolarini ifodalovchi umumiy grammatik ma’nolari 
o‘rtasida uzviy aloqa mavjuddir. So‘zlarni turkumlarga ajratishda 
so‘zlarning leksik ma’nosi ustiga qo‘yilgan umumiy grammatik (predmet, 
belgi — xususiyat, harakat-holat kabi) ma’no asosiy tayanch nuqta bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Shu bilan birgalikda, morfologiya bilan sintaksis o‘rtasida ham 
chambarchas bog‘liqlik mavjud. Morfologiyadagi har bir so‘z shakli gap 
tarkibida ma’lum sintaktik vazifa bajaradi, ma’lum gap bo‘lagi vazifasida 
keladi. Grammatik shakllar gap tarkibidagi bo‘laklarni bir-biriga bog‘lovchi 
yoki gap bo‘lagiga qo‘shimcha ma’no yuklovchi vosita vazifasini bajaradi. 


Shunday qilib, tilshunoslikning leksikologiya, morfologiya va sintaksis 
bo‘limlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. 
Savol va topshiriqlar 
1. Grammatika deganda nimani tushunasiz va u qanday qismlarni o‘z 
ichiga oladi?
2. Morfologiya nimalar haqida bahs yuritadi? 
3. Morfologiyaning leksikologiya bilan aloqasi haqida gapiring.
4. Morfologiyaning sintaksis bilan aloqasini ayting. 
219-mashq. Biz, obod, va, ozod, O‘zbekiston, yasha so‘zlari ishtirokida 
gap tuzing. Gap ichidagi so‘zlarning bir-biri bilan bog‘lanish holatlariga 
diqqat qiling. Gapda ishtirok etayotgan so‘zlarning leksik hamda grammatik 
ma’nolarini aniqlang. 
220-mashq. Hikoyatni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga diqqat 
qiling. Mazkur so‘zlarning leksik va grammatik ma’nolari haqida fikr 
yuriting. 
Ishini yaxshi bajargan odam iрak qurti kabidir. Bir kuni o‘rgimchak iрak 
qurtiga bunday dedi: 
— Birodarim iрak qurt, ozgina pilla o‘rash uchun necha kun tinmaysan. 
Men bo‘lsam, bir devorni bir necha soatda o‘rab tashlayman
Iрak qurti unga: 
— Тo‘g‘ri, o‘rgimchak qardosh, sen qisqa vaqtda ishni bitira olasan, 
ammo qilgan ishingning birovga foydasi tegmaydi. Vaqting zoye ketadi, 
vaqt qadrini bilasanmi o‘zi? Men sekin, shoshilmay ishlayman, ammo 
tolamdan ajib, go‘zal, betimsol matolar to‘qiladi. Buni sen tasavvur qila 
olmaysan. Iрagim ajoyib ishlarga qodir. Insonlar mening mahsulimdan ko‘p 
foyda ko‘radilar. Oz ish qilaman, ammo ishimni puxta, toza qilaman. O‘z 
san’atimni yaxshi ishlata bilaman. Ishimni shunday puxta qilganimdan 
baxtiyorman. Ishini yaxshi bajargan, san’atini yaxshi qo‘llaganlarni Olloh 
sevadi. Payg‘ambarimiz sevadi. Insonlar ham juda sevadilar, duo qiladilar. 
Mana shuning uchun men juda baxtiyorman va saodatmandman. Ishimni, 
vazifamni yaxshi bajaraveraman. Vaqtni bekor o‘tkazmayman, — deb 
javob berdi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling