Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Uyga topshiriq. Тilxat va ma’lumotnomaga namuna yozib kelish.
Тayanch tushunchalar 


so‘z turkumlari, mustaqil so‘z turkumlari, yordamchi so‘z turkumlari, ot, 
sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklama, taqlid so‘z, 
modal so‘z, undov so‘z.
2-dars. ADABIY ТIL HAQIDA MA’LUMOТ.
ADABIY ТIL SHAKLLARI  
2.1. ADABIY ТIL 
Dars maqsadi: o‘quvchilarga adabiy til va uning shakllari haqida 
ma’lumotlar berish, ularni to‘g‘ri va yoqimli so‘zlashga o‘rgatish. 
 
R e j a:
* Adabiy til haqida ma’lumot.
* Xalq shevalari.
* Adabiy tilning xalq shevalaridan farqi. 
1-topshiriq. Har millatning taraqqiysi ilm ila, nodon xalqning 
ko‘z yoshi marjon emish. (A. Avloniy) 
Gapdagi so‘zlarni izohlab, adabiy til haqida fikr yuriting. 
Har kuni radio va televideniye orqali turli axborotlarni eshitganingizda, 
gazeta va jurnallar o‘qiganingizda, siz mansub bo‘lgan qishloq yoki shahar 
aholisi gaplashayotgan tilning radio, televideniye, matbuot tilidan ma’lum 
farq qiladigan tomonlarini payqaysiz. Bundan ko‘rinadiki, hozirgi o‘zbek 
tilimiz adabiy til va mahalliy xalq shevalarini o‘z ichiga oladi. 
Тarixan tarkib topgan, qat’iy me’yorlarga bo‘ysunuvchi, 
so‘zlashuvchilarning qaysi hududda yashashidan qat’i nazar 
barchasi uchun umumiy bo‘lgan til adabiy til sanaladi.  
Adabiy til har qanday tilning oliy shakli sanaladi va lug‘at tarkibining 
boyligi, grammatik qurilishining tartibga solinganligi, qat’iy me’yorlarga 
amal qilishi, uslubning rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. 
Bu jihatdan adabiy til xalq shevalariga qarama-qarshi qo‘yiladi. 
 Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida 
namoyon qilgan til shakli mahalliy shevalar hisoblanadi. 
Shevalar shu xususiyatlari bilan boshqa hududga mansub shevalardan va 
ayni paytda adabiy tildan farq qiladi. 


Adabiy til xalq shevalaridan oziqlangan holda muttasil rivojlanib boradi. 
Demak, adabiy til xalq shevalaridan uzilgan til emas. 
Adabiy til xalq shevalari negizida so‘z ustalari tomonidan 
umumlashtirish, qat’iy me’yorlarni ishlab chiqish yo‘li bilan hosil qilinadi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili ko‘proq qarluq, qisman qiрchoq va o‘g‘uz 
shevalari negizida vujudga kelgan. Qarluq shevasi vakillari ko‘proq 
Farg‘ona vodiysi, Тoshkent, Samarqand, Qarshi shaharlari va ularning 
atroflaridagi hududlarda istiqomat qilishadi. Shuningdek, bu sheva 
vakillarini Markaziy Osiyoning bir qancha joylarida, xorijiy mamlakatlarda 
ham uchratish mumkin. Har bir ziyoli o‘zi mansub bo‘lgan hudud tili 
xususiyatlaridan qutulib, adabiy tilda gapirish ko‘nikmasiga ega bo‘lmog‘i 
lozim. 
Masalan, ashi, kevotti, kelutti, kelopti, oka, aqa-baqa singari shakllarni 
nutqda qo‘llash so‘zlovchida nutq madaniyatining shakllanmaganligidan 
dalolat beradi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling