Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

33-mashq. Jonli so‘zlashuv nutqiga xos so‘zlarni yozma adabiy tilda 
yozing. 
N a m u n a: sevindi — suyundi.
Anjon — Andijon, Samarqan — Samarqand, asma— astma, do‘slik — 
do‘stlik, ishleman — ishlayman, telvizor — televizor, ko‘yni — ko‘ngli, 
obketaman — olib ketaman, to‘r — to‘rt, ishka — ishga, silar — sizlar, 
bo‘maydi — bo‘lmaydi, istudent — student, abzal — afzal, kexsa — keksa, 
mart — mard, dasro‘mol — dastro‘mol. 
Yuqoridagi so‘zlar ishtirokida og‘zaki matn tuzing. 
34-mashq. Hamzaning hajviy she’rini «nutq toni» (yuqori tantanavorlik, 
jo‘shqinlik)ga e’tibor bergan holda o‘qing.
MEVALAR MAJOROSI
Gilos haddan oshiqib,
Xafalikdan toshiqib,
Keldi o‘rik boshiga,
Musht ko‘tarib shoshiqib:
«Ey o‘rik, san so‘zlama,
— Maqtanmoqni ko‘zlama!
Yonboshingga bir tepay,
Bog‘ga hargiz yuzlama
G‘o‘rang qursin, kech bitar, 
Yegan kishi tish sinar... 
Yuqoridagi she’rdan xulosa qilib, eski adabiy tilning xalq tiliga qanday 
moslashganini tushuntiring. 


35-mashq. Og‘zaki va yozma adabiy tilning rivojlanishida nutq turlari 
(monolog, dialoglar)ning ahamiyati bormi? Quyidagi monologik nutq 
fikrlaringizni isbotlash uchun asos bo‘lsin. 
Said Ahmadning «Ufq» romanidagi Ikromjonning nutqidan namunalar: 
— Yo‘q, hali bilagimda kuchim bor. Yuragimda o‘t so‘ngani yo‘q. Bu 
alamlarni, bu xo‘rliklarni oyoq ostiga olib toptamagunumcha yashashim 
shart. Yashayman! Boshimga tugamas savdolar solgan urush olovi 
o‘chganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rishim shart. Shu yerda turib nemisga o‘q 
otaman. O‘qim qolmasa, qo‘ltiqtayog‘im bilan boshini yanchaman. O‘lish 
yo‘q. O‘lish — nomardlik. Nomard bo‘lib o‘lishni istamayman
istamayman... 
— Yo‘q, bolam, men dardga chalinmayman. Men o‘lmayman. Тik 
bo‘lsam yurib, yiqilsam emaklab, yotib qolsam surilib hu o‘sha ufqqa 
boraman. Ufqdan turib Yozyovonimga bir qayrilib qarayman. Ufqqa bormay 
o‘lishim mumkin emas... 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling