Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


-mashq. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib siz ham «Suxandonlik  daqiqalar»ini o‘tkazing


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

39-mashq. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib siz ham «Suxandonlik 
daqiqalar»ini o‘tkazing.
 
40-mashq. Keltirilgan misollardan shevalarga va kasb-hunarga xos 
so‘zlar ishlatilgan o‘rinlarni aniqlang va tushuntiring. 
1. Dukchi eshon hamma vaqt bo‘z ko‘ynak va ishton bilan malla to‘n 
kiyar edi. Boshiga kichik salla va kuloh kiyib, bo‘zi mahsi — kavush kiyar 
edi, hech vaqt yangi va yaxshi iрakli to‘n kiymas edi. (F. Otabekov) 
2. Zebining qish ichi siqilib, zanglab chiqqan ko‘ngli bahorning iliq 
hovuri bilan ochila tushkan: endi, ustiga poxol to‘shalgan aravada bo‘lsa 
ham, allaqaylarga, dala-qirlarga chiqib yayrashni tusay boshlagan edi. 
3. So‘fi uyga kirgandan keyin sallasini Qurbon bibiga uzatib, ustidagi 
malla yaxtagini olisdan turib kartga irg‘itdi. 
4. Qizlarning bu «ittik» (o‘tkir zo‘r) payloqchisini ko‘plashib 
uyg‘otdilar, aravadan ko‘plashib tushirdilar.
5. Men buvizdan beruxsat mehmon chaqirmayman.
6. Kech payt men o‘zim kirib, Enaxonga aytib qo‘yaman. 
7. Xudovandi karim, bu erkaklarni muncha yaxshi ko‘rar ekan, a..? 
8. Odmi kiyimda ko‘rganlar yo oddiy bir qishloq boyi, yo Yettisuv bilan 
aloqasi bor qo‘ychi, tuyachi deb o‘ylaydilar. 
9. «Uziqararoq» xotin uchrab bir chang solsa, hech narsa qolmaydi. 
10. Shunday aziz cho‘qqat «xizmat haqi» besh ming so‘mlarga yetib 
boradigan bir «ish» topib keldi. (A. Cho‘lpon) 
41-mashq. «Zumrad bahor» mavzusida xalq shevalariga hamda adabiy 
tilga asoslangan ikki matn tuzing. Har ikki matnning farqini tushuntiring. 
 
42-mashq. Adabiy til me’yorlariga rioya qilinmagan so‘zlarni toping. 
Muallif nima uchun adabiy til me’yorlariga rioya qilmagan? Buning matn 
uchun qanday ahamiyati bor? 
Otabek boyagi yarim vaziyatini buzmay so‘radi:
— Zaynabning so‘ziga Siz ishondingizmi?
— Ishonmaydirg‘on gapmi?
— Yaxshi, men unga shunday deb aytgan ham bo‘layin, lekin shunda 
ham Sizning xafalanishingiz menga qiziq tuyuladir. Ayniqsa, sizdan gap... 
Kumush ishonmadi. Otabek uning orqa sochidan tutib: 


— Qani, gapiring-chi menga, orangizdan bir gap o‘tdimi, — deb so‘radi. 
— Ha, o‘tdi, — dedi Kumush va chetga qarab kulimsiradi.
— O‘n besh kun bo‘lmasdan? 
— Mendan boshqa xotin bo‘lsa, Zaynabingiz bilan birinchi kundanoq 
arazlashar edi...
— Xudo xayringizni bersin... 
— Kesatmang. 
— Kesatmasam gapiring. 
Kumushning raqobati biroz tushgan edi, uch-to‘rt kunlik mojarodan 
yaxshig‘ina hasrat ochildi. Otabek hasratni yarim jiddiy tinglab bordi. 
Zaynabning keyingi so‘zi va so‘ng‘i yelpitish fojialari ham hasrat qoliрig‘a 
birma-bir kirib chiqdi. Hasrat tug‘ilg‘ondan so‘ng Otabekning yuzidagi 
boyagi yarimjiddiylik ketib, uning o‘rnini o‘ychanlik oldi. Ul shu holatda 
anchagina so‘zsiz qoldi va oxirida o‘zidan natija kutib o‘ltirg‘uvchi 
Kumushga qarab, kulib qo‘ydi. 
— Nega kulasiz? 
— Chunki yig‘lamoqqa arzimaydi. Kumushning qoshlari chimirildi:
— Zaynabingizning bu qilig‘ig‘a men chidolmayman. 
— Chidash va chidamasni hozircha bir tarafga qo‘yib turayliq, — dedi 
Otabek. — Ammo hammadan ilgari Sizdan so‘rayman: Menga ishonchingiz 
bormi?
— Bor, ham yo‘q, — dedi Kumush. 
...Kumush uyalgannomo yuzini chetga burdi. Otabek tovushini 
sekinlatib davom etdi: 
— O‘tgan kun Sizdan «Тoshkentda qolasizmi, yo‘qmi?» deb 
so‘rag‘onim ham faqat shunga o‘xshash gaplar bilan Siz xafa bo‘lmang, deb 
aytilgan edi.  
(A. Qodiriy) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling