Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

312-mashq. Keltirilgan fe’llar qanday (rasmiy, so‘zlashuv, badiiy) 
uslubga xosligini yozing. 
Ming‘irlamoq, ozod etilmoq, qaror qabul qilmoq, g‘azablanmoq, 
xushnud bo‘lmoq, valdiramoq, sayr ayladi, izhor qildi, g‘imirlamoq, 
nishonladi, e’tiroz bildirmoq, gap otmoq, nutq so‘zlamoq, tashrif buyurmoq, 
xitlamoq, so‘ppaymoq, ovoz bermoq, tasdiqladi, dardiga darmon bo‘ldi, 
so‘zga chiqmoq, maza qilmoq, masxaralamoq, kuyunmoq, vujudga kelmoq, 
inkor qilmoq, jilvalanmoq, mahliyo etmoq. 
313-mashq. Matnni ko‘chiring. Fe’llarning o‘tgan, hozirgi va kelasi 
zamon shakllarini aniqlab, ustiga yozib ko‘rsating, ma’no ottenkasini 
izohlang. 
HADISI SHARIF 
Islom shariatining asosiy manbalaridan ikkinchisi sunnatdir. Sunnat 
Rasulullohdan naql qilingan Hadisi shariflar orqali shakllanadi. Hadisi 
shariflarda Rasululloh alayhissalomning so‘zlari, qilgan ish faoliyatlari va 


sahobalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarga munosabatlari to‘g‘risida 
hikoya qilinadi. Shu uch xil uslubning har biri sunnat deyiladi. 
Hadisi shariflarni yig‘ib kitob shakliga keltirish, asosan, Payg‘am-
barimiz alayhissalomning vafotlaridan keyin amalga oshirilgan. Bu sharafli 
ish hijratning uchinchi asriga kelib keng quloch yoygan. Islom olamining 
o‘sha paytdagi madaniy markazlaridan sanalgan shaharlarda Hadis fani 
bilan shug‘ullanuvchi muhaddislar ko‘p bo‘lgan. Ular Hadis to‘plamlarini 
tuzishgan. Ular ichida eng ishonchli manba sanalganlari oltita bo‘lib, 
bularni Imom al-Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Imom at-
Тermiziy, Imom an-Nasoiy va Imom ibn Mojalar tuzishgan. Bu buyuk 
muhaddislarning to‘rt nafari turonzaminlik bo‘lgani bilan butun Islom 
dunyosi miqyosida faxrlansak arziydi. 
Muhaddislik shu qadar sharafli va sermashaqqat ishki, u kishidan 
zakovat, kuch-quvvat, fidoiylik, yuksak iqtidor va kuchli quvvayi hofizani 
talab qiladi. 
(«Vatan tuyg‘usi»)  

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling