Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
314-mashq. Gaplarni o‘qing. Fe’llarni ko‘chirib, nisbat, mayl, zamon,
shaxs va sonini izohlang. 1. Тomirida Jaloliddin Manguberdi, Amir Тemur qoni jo‘sh urgan pahlavon o‘g‘lonlarimiz omon bo‘lishsin. 2. Bizning xodimlarimiz bankdagi har bir murakkab jarayonlarni ham bemalol uddalashdi. 3. Avvallari bitta- yarimta yosh-yalanglarning chekishi ham bizga g‘ayrioddiy hol tuyulardi. 4. Anjuman yuzasidan tavsiyanomalar ishlab chiqilib, ishtirokchilarga tarqatildi. 5. Vohada islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. 6. Bir narsa kishida umid uyg‘otadi: farg‘onaliklar nafaqat asrimizning so‘nggi yilini, balki yangi mingyillikni munosib ko‘rsatkichlar bilan kutib olishga harakat qilmoqdalar. 7. Istiqlol tufayli chekka qishloqlarda ham havaslansa arzigulik korxonalar yaratildi. 8. Korxonamiz ishga tushgach, O‘zbekiston tamg‘asi bitilgan mahsulotlar ichki bozorga dadil kirib boradi. 9. Mustaqillikning zafarli qadami, huzurbaxsh nasimi butun mamlakatda bo‘lgani kabi Andijonning Ko‘makay qishlog‘ini ham o‘zgartirib yubordi. 315-mashq. Matnni o‘qing, fe’llarni topib izohlang. O‘zbek tilining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan yana qanday tilshunos olimlarni bilasiz, ular haqida so‘zlab bering. SHONAZAR SHOABDURAHMONOV (1923) Filologiya fanlari doktori (1964), professor (1967), O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi (1974) Shonazar Shoabdurahmonov o‘zbek tili fonetikasi, o‘zbek tilining badiiy-estetik vazifasi, leksikografiyasi, morfologiyasi, dialektologiyasi yuzasidan qator salmoqli asarlar yaratdi. Jumladan, «O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar» (1953), «Fonetika. O‘zbek tili fonetikasiga doir ba’zi masalalar» (1953), «O‘zbek tilida punktuatsiya» (1955), «O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shevalari» (1962) kabi asarlari o‘zbek tilshunosligining rivoji uchun munosib hissa bo‘lib qo‘shildi. Akademik Sh. Shoabdurahmonov o‘rta va oliy ta’limda o‘zbek tili va tilshunosligini o‘qitishni takomillashtirish borasida ham samarali mehnat qildi. Ayniqsa, uning V. Reshetov bilan hamkorlikda oliy maktablarning o‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari uchun chiqarilgan «O‘zbek dialektologiyasi» (1962, 1969, 1978) darsligi, shuningdek, o‘rta maktablarning IX sinfi uchun hammualliflikda yozilgan «O‘zbek tili» (1977, 1978, 1980, 1982) hamda oliy o‘quv yurtlari uchun yaratilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» (1980) darsliklari alohida ahamiyatga ega. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling