Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

316-mashq. «Fe’l» so‘z turkumi yuzasidan olgan bilimlaringizni sinash 
maqsadida grammatik topishmoqlarning javobini toping va yozing. 
1. Barmoqda, qaramoqda,
Qaytmoqda ham aytmoqda.
Qaysi so‘z ot, qaysi fe’l,
Ham bo‘lishli qaysi fe’l?
2. O‘qish, olqish, qurilish,
Chiqish, qamish, muyulish,
So‘zida bor -sh, -ish lar,
Ularni kim izohlar.
3. O‘yin, qiyin so‘ziga
Fe’l yasovchi —a qo‘shsak,
Nimadir tushib qolar,
O‘yin, qiyin so‘zidan?


4. Тiriklikning sharti bor,
U ham bo‘lsa harakat.
Shun-chun deydi donolar,
Harakatda barakat,
Harakatning nomi bor,
Yalovchilari ham bor,
Тopib bering, E’tibor.
5. O‘yin, qiyin, past, son, ot
So‘zlari o‘zgaribdi.
O‘yna, qiyna ham ata,
Pasay, sana bo‘libdi. 
O‘ylab toping, bolalar,
Nega shunday bo‘libdi?
6. Yoshlikda nihol o‘tkaz,
Asra, voyaga yetkaz,
Daraxting kuchga to‘lsin,
G‘uj-g‘uj mevasi bo‘lsin,
Oftob hil-hil pishirsin,
Do‘stlaring to‘yib yesin.
Senga rahmatlar aytsin.
Bunda bor qanday fe’llar,
Qanday ma’no bildirar?
7. Ishla, o‘yla ham yalla,
Sayla, bola ham alla.
Olti so‘zda olti -la,
Fe’l yasovchi qaysi-la?
8. Son-sanog‘in bo‘libdi, 
Ong-anglagin bo‘libdi. 
«Son», «ong» so‘zlarida «o»
Yumalab «a» bo‘libdi.
Kim dono bo‘lsa topsin,
Nega shunday bo‘libdi?
9. O‘zak — negizida -ib
Gohida bo‘ladi -b


So‘ng qo‘shilar shaxs-son,
Qanday fe’l, qaysi zamon?
10. Тerdi ham terdirishdi.
Тerdirildi, terdirdi
Fe’llar qaysi nisbatda
Kim topadi bir pasda?
Тopishmoqlarning javoblari 
1. Qaramoqda, qaytmoqda, aytmoqda — fe’llar, barmoqda — ot. 
2. O‘qish, qurilish, chiqish so‘zlari — harakat nomlari, olqish, qamish, 
muyulish so‘zlari — ot.
3. O‘yin, qiyin so‘zlaridagi «i» tushiriladi.
4. -moq, -sh, -ish, -v, -uv
5. O‘yin, qiyin, past, son, ot so‘zlaridan fe’l hosil qilinganda o‘yin, qiyin 
so‘zlardagi i unlisi tushiriladi, past so‘zidagi t tushiriladi, son, ot 
so‘zlaridagi o tovushi a bilan almashadi.
6. Buyruq maylidagi fe’llar.
7. Ishla, o‘yla, sayla so‘zlaridagi -la.
8. Son, ong so‘zlariga -a qo‘shimchasi qo‘shilsa, o unlisi a bilan 
almashadi. 
9. O‘tgan zamon hikoya fe’li -b qo‘shimchasi undosh bilan tugagan fe’l 
o‘zak-negiziga -ib tarzida qo‘shiladi. 
10. Aniq, birgalik va orttirma nisbatdagi fe’llar. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling