Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

317-mashq. Hikmatlardagi fe’llarni aniqlang. Ularning vazifasini 
uslubiy jihatdan iboralar ham bajara oladimi? O‘rnini almashtirib yozing. 
HIKMAТLAR GULDASТASI 
Bir donishmand aytgan ekan: «Imonsiz odam o‘zining yomonligini 
bilmaydi, agar bilsa, u yaxshi odam bo‘lishga harakat qilardi». 
Bir oqil va hazilkash odam sayohat vaqtida olis shahardagi do‘stiga 
ko‘nglidagi nozik fikrlarini aytib, maktub yozayotgan edi. Bir befarosat 
hamrohidan beruxsat hadeb maktubda nimalar yozilganiga qarayveribdi. 
Oqil odam maktubiga mana bu so‘zlarni qo‘shib qo‘yibdi: 
«Agar yonimda bir befarosat, birovlarning xatiga qiziquvchi tentak 
bo‘lmaganda edi, yana boshqa gaplarni ham yozar edim». 


Haligi befarosat bu so‘zlarni o‘qib, jahli chiqdi va e’tiroz bildirdi: 
— Qachon xatingga qarabman? 
Unisi esa javob beribdi: «Sening haqingda yozganimni qayoqdan 
bilding?» 
Bir hurmatli odam kasal bo‘lib, uyida yotgan edi. Besh-oltita xira, 
g‘ashga teguvchi odamlar bemorni ko‘rishga bordilar. Ular bemor yonida 
uzoq o‘tirib, har xil maza-bemaza gaplari bilan uni toliqtirib qo‘ydilar. 
Oxiri, ketayotganlarida bir befarosat odam bemordan: 
— Bizga vasiyat tariqasida nasihatlaringizni aytsangiz, — deb so‘radi. 
Hurmatli odam haligi befarosat ziyoratchilarga qarab bunday dedi: 
— Sizlarga vasiyatim shuki, biror do‘stingiz yoki ustozingiz kasal bo‘lib 
qolganida, uni maza-bemaza gaplar bilan toliqtirib qo‘ymanglar. 
Bir necha hazilkash odamlar bir qizg‘anchiq, xasis odamning uyiga 
mehmonga bormoqchi bo‘libdi, ammo darvoza taqillatganlarida xasis 
odamning xizmatkori chiqdi. Mehmonlarni ko‘rib, ichkariga kirib ketdi. 
So‘ng qaytib chiqib aytdi: 
— Kechirasizlar, xojamiz kecha kechqurun o‘lgan edilar. Erta tongda 
dafn etib kelgan edik. 
Hazilkash mehmonlar bunga ishonmadilar va aytdilar: 
— Xojangiz rahmatli, biz uchun juda aziz, qadrli odam edilar. Ularning 
janozasida bo‘lish bizga nasib etmadi, endi uylariga kirib, fotiha o‘qib 
ketmasak bo‘lmas. 
Boyagi xasis xoja mehmonlarni qabul qilishdan boshqa iloji qolmabdi. 
(Faxriddin Ali Safiy) 
318-mashq. Berilgan fe’llarni boshqa nisbatga aylantiring, gapda 
qanday o‘zgarish bo‘lganini tushuntiring. 
1. «Dunyo» qo‘shig‘ining so‘zlarini farg‘onalik shoir Oxunjon Hakimov 
iрga terilgan dur misol qog‘ozga tushirgan. «Bir kam dunyo, kimni sevib, 
kimni xor qilasan?» Darhaqiqat, insoniyat yaratilibdiki, oddiygina, jo‘ngina, 
soddagina tuyulgan shu jumboq yechimini topolmay ovora. (Gazetadan
2. Oyqiz keksa bog‘bonni yelkasidan ushlab, mehribonlik bilan joyiga 
o‘tkazdi. (Sh. Rashidov) 3. O‘rik daraxti ostidagi supada yotgan Murotali
odatdagidek, tong saharda uyg‘ondi. (Sh. Rashidov) 4. Тil — millatning eng 
muhim belgisidir. (A. Fitrat) 5. Ravshanlik tilning asosiy fazilati 
hisoblanadi. (Arastu) 6. Yomg‘ir, suv to‘lqini ham, suv ko‘pigi ham asosan 


suv bo‘lganligi uchun yana suvga qaytadilar. (Sh. Zunnun) 7. Sabr qiling, 
hurmatli kitobxon, oldin qishloq bilan tanishaylik. (I. Rahim) 8. Yigit o‘zini 
chetga olishga tirishdi, xalq to‘lqini uni surib ketdi. (Oybek) 9. Men 
o‘ylaymanki, bugungi kun sizning hayotingizda o‘chmas iz qoldiradi. Vatan 
oldidagi, o‘tganlar ruhi oldidagi, el-yurt oldidagi burchingizni yana bir bor 
eslatib o‘tdi. (Gazetadan

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling