Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Тayanch tushunchalar 
yozma adabiy til, og‘zaki adabiy til. 
 
 
3-dars. LEKSIKOLOGIYA. SO‘Z VA LEKSEMA
 
3.1. LEKSIKOLOGIYA 
Dars maqsadi: o‘quvchilarda so‘z va uning xususiyatlari haqida bilim 
va ko‘nikmalar hosil qilish, ularni so‘zdan unumli va samarali 
foydalanishga o‘rgatish. 
R e j a:
* Leksika haqida.
* Leksikologiya haqida ma’lumot. 
1-topshiriq. So‘z haqida qanday maqollarni bilasiz? Ular- dan 
namunalar keltiring. 
 
2-topshiriq. So‘z qilichdan o‘tkir maqolining ma’nosini izohlang.


Har qanday tilni o‘rganayotgan paytingizda, eng avvalo, sizni qurshab 
turgan narsa va hodisalarning amaliy hayotingiz bilan bog‘liq bo‘lgan turli 
xil harakati, holatlari, belgi va xususiyatlarining shu tilda qanday 
ifodalanishini, nomlanishini bilishdan boshlaymiz. 
Ma’lum bir tildagi ana shunday so‘zlar yig‘indisi shu tilning lug‘at 
tarkibini tashkil qiladi. 
Leksika atamasi ikki ma’noda qo‘llaniladi:
a) tilning lug‘at tarkibi, so‘zlar yig‘indisi;
b) lug‘at tarkibini o‘rganuvchi tilshunoslikning alohida bo‘limi. 
Leksika atamasining ikkinchi ma’nosi uchun leksikologiya atamasi ham 
qo‘llaniladi. 
Leksikologiya yunoncha lexikos — so‘z, so‘zga doir va logos — 
ta’limot so‘zlarining birikuvidan olingan bo‘lib, leksika (so‘z) 
haqidagi ta’limot demakdir. Demak, so‘z va uning ma’nolarini 
o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga leksikologiya (ba’zan leksika) 
deyiladi. 
Savollarga javob bering  
1. Leksika nima?
2. Leksikologiya nimani o‘rganadi? 
47-mashq. So‘zning qudrati haqidagi quyidagi rivoyatni o‘qing. So‘z 
to‘g‘risida siz ham fikr yuriting. 
O‘tmishda ovi yursa ham davi yurmay, tobora kambag‘allashib 
borayotgan bir dehqon yo‘l chetida o‘ylanib tursa, faqirgina yo‘lovchi o‘tib 
qolibdi. Shunda dehqon: 
— Ey donishmand, nima eksam, men boyib ketaman? — deb maslahat 
so‘rabdi. 
Yo‘lovchi unga piyoz ekishni tavsiya etibdi. Qarangki, notanish 
yo‘lovchining gapiga kirgan dehqon o‘sha yili chindan ham boyib ketibdi. 
Shodligidan bosar-tusarini bilmay qolgan dehqonga yana o‘sha odmigina 
yo‘lovchi uchraganida: 
— Ey gado, nima eksam, men yanada boyib ketaman? — deb ikkinchi 
marotaba murojaat qilibdi. 
Shunda u yana bir ekinning nomini aytib, yo‘lida davom etibdi. 
Falakning gardishini qarangki, keyingi yili dehqonning omadi chopmay, 
ilgarigidan ham kambag‘allashib ketibdi. 


Bundan g‘oyatda g‘azablangan dehqon haligi yo‘lovchini sabrsizlik 
bilan kuta boshlabdi. Nihoyat, u tanish yo‘lovchi bilan duch kelibdi va: 
— Ey, notovon yo‘lovchi, nega meni aldading? Sening gapingga kirib, 
yanada boyish o‘rniga butkul kambag‘allashib ketdim-ku! — deb g‘azab 
qilibdi. 
— O‘zingni bos, — debdi yo‘lovchi, — birinchi yili sen menga 
«donishmand» deb murojaat qilding. Men senga donishmandning javobini 
berdim. Natijada sen boyib ketding. Keyingi safar esa menga «gado» so‘zini 
munosib ko‘rding va men senga gadoning javobini berdim, — degan ekan ... 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling