Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Тayanch tushunchalar 
fe’l zamonlari, o‘tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon. 
 
 
 
 
32-dars. FE’LLARNING YASALISHI 
 
32.1. QO‘SHIMCHALAR YORDAMIDA FE’L YASASH 
Dars maqsadi: fe’llarning yasalishi bo‘yicha o‘rta umumiy ta’limda 
olgan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish. 
R e j a: 
* Fe’llarning yasalishi haqida.
* Fe’l yasashning yo‘llari. 
Fe’llar ham boshqa mustaqil so‘z turkumlari kabi tub va yasama bo‘ladi. 
Masalan, kel, ket, yur, o‘qi singari fe’llar tub fe’llar: ishla, o‘yna, jonlan, 
tasdiq qildi, kasal bo‘ldi kabi fe’llar yasama sanaladi. 
Yasama fe’llar yasashga asos qismga ma’lum yasovchi vosita 
qo‘shish yordami bilan hosil qilinadi. Yasovchi vosita qo‘shimcha 
yoki so‘z bo‘lishi mumkin. Jumladan, yuqorida keltirilgan 
misollardan oxirgi ikkitasi yasashga asos qismga (tasdiq, kasal) so‘z 
holidagi yasovchi vosita (qildi, bo‘ldi) qo‘shish yordamida hosil 
qilingan. Boshqalari esa qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan yasalgan. 
Shunga ko‘ra, fe’l yasalishi ikki guruhga bo‘linadi: 


a) qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan (affiksatsiya);
b) so‘z qo‘shish yo‘li bilan (kompozitsiya). 
Birinchi yo‘l bilan yasalgan fe’llar sodda fe’llar, ikkinchi yo‘l bilan 
yasalgan fe’llar qo‘shma fe’llar hisoblanadi. 
Savol va topshiriqlar 
1. Yasama fe’l deganda qanday fe’llarni tushunasiz?
2. Yasama fe’llar qanday usullar bilan hosil qilinadi? 
3. Sodda va qo‘shma fe’llarga misollar keltiring va qo‘shma fe’llarning 
qanday yo‘l bilan hosil bo‘lganini tushuntiring. 
Fe’l yasashning eng keng tarqalgan turi qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li 
bilan fe’l yasash sanaladi. Bunday usul bilan fe’l bo‘lmagan so‘zlardan fe’l 
yasaladi. Hozirgi o‘zbek tilida eng faol fe’l yasovchi qo‘shimcha -la 
qo‘shimchasidir. Bu qo‘shimcha sondan boshqa barcha so‘z turkumlariga 
qo‘shilib fe’l yasay oladi. Masalan, oqla, ishla, tekisla, tezla, dodla, 
voyvoyla kabi. 
1. -la qo‘shimchasi otlarga qo‘shilib fe’l yasaganda, quyidagi ma’nolarni 
bildiradi: 
a) yasashga asos qismdan anglashilgan narsa — predmet bilan 
ta’minlash: o‘g‘itla, moyla; 
b) narsa — qurol bildiruvchi otlarga qo‘shilib, shu asbob bilan 
bajariladigan harakatni bildiradi: qaychila, arrala, egovla, ketmonla
d) yasashga asos qismdan anglashilgan narsani yuzaga keltirish 
ma’nosini bildiradi: urug‘la, bolala kabi. 
2. Sifat va ravishlarga -la yasovchi qo‘shimchasi qo‘shilganda yasashga 
asos qismdan anglashilgan tus, holatga kirish harakatini bildiradi. Masalan, 
tekisla, silliqla, to‘g‘rila, tezla, tozala kabi. 
3. -la qo‘shimchasi undov so‘zlarga qo‘shilib, yasashga asos qismdan 
ifodalangan his-hayajon, buyruq — xitoblarning bajarish harakatini 
bildiradi: hihila, ufla, dodla kabi. 
4. -la qo‘shimchasi taqlid so‘zlarga qo‘shilib, yasashga asos qism 
ifodalagan tovushning yuz berishini ifodalaydi: gumburla, taraqla kabi. 
Sifat, ravish, undov va taqlid so‘zlarga -la yasovchi qo‘shimchasi 
qo‘shilib fe’l yasalganda, yasovchi qo‘shimcha qil, et, de singari ko‘makchi 
fe’llari bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi va ularni ko‘pincha biri o‘rnida 
ikkinchisini qo‘llash imkoniyati bo‘ladi. Masalan, tekisla-tekis qilsilliqla-


silliq qil, ufla-uf de, dodla-dod de, gumburla-gubur et, taraqladi-taraq etdi 
kabi. Lekin doimo emas. Masalan: tezla ni tez qilga almashtirib bo‘lmaydi. 
Eslatma: 1. -la fe’l yasovchi qo‘shimchasi ba’zan -ta (izla -ista), -ga, -ka 
(hidla — iska) holida ham talaffuz qilinadi. 
2. -la fe’l yasovchi qo‘shimchasi ba’zan bilan qo‘shimchasining 
qisqargan shakli -la (qo‘l-la bajarib bo‘lmaydi) hamda -la (-oq, -yoq 
yuklamasi bilan ma’nodosh) yuklamasi bilan omonimlik munosabatida 
bo‘ladi. Shuning uchun -la yasovchisini so‘zga kuchaytiruv-ta’kid 
ma’nosini yuklaydigan -la yuklamasidan farq qilish kerak. Masalan, kelib -
la ketdi — kelib ketdiqo‘lla (madad qil) va qo‘l-la (qo‘l bilan)
Hozirgi o‘zbek tilida -la qo‘shimchasidan tashqari yana quyidagi 
qo‘shimchalar yordamida fe’l yasaladi: 
— i: boy-boyi, tinch-tinchi, chang-changi kabi
— illa: chirq-chirqilla, uv-uvilla, guv-guvilla kabi
— ira: yarq-yarqira, chirq-chirqira kabi
— (a)y: past-pasay, sust-susay, ko‘p-ko‘pay, oz-ozay 
— (a)r: ko‘k-ko‘kar, sariq-sarg‘ay, eski-eskir, qisqa- qisqar kabi
— sira: suv-suvsira, yot-yotsira, tuz-tuzsira kabi 
— (i), (i)q: yo‘l-yo‘liq, kech-kechik, zo‘r-zo‘riq va boshqalar.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling