33-dars. KO‘MAKCHI FE’LLAR VA
ULARNING VAZIFALARI. BO‘LISHLI
VA BO‘LISHSIZLIK SHAKLLARINING
USLUBIY XUSUSIYAТLARI
33.1. KO‘MAKCHI FE’LLAR VA ULARNING
VAZIFALARI
Ishlab chiqdi, ishlab bo‘ldi, ishlay boshladi, ishlab yuribdi, ishlab
qo‘ydi, ishlab yubordi, ishlab yozdi, ishlab turibdi, ishlab ko‘rdi singari
so‘zlarga e’tibor bersangiz, ularning hammasi bir umumiy ma’noni —
«ishlamoq» ma’nosini ifodalaydi. Bu ma’no, asosan, ravishdosh shaklidagi
birinchi qismdan anglashiladi. Ikkinchi qism esa birinchi qismdan
anglashilgan leksik ma’noga turli qo‘shimcha ma’nolarni (harakatning
boshlanishi, davomiyligi, tugallanishi, oson bajarilganligi, tez bajarilganligi,
harakatni bajarishga uringanligi kabi) ma’nolarni yuklaydi.
Bunday so‘zlar ham tuzilishiga ko‘ra, fe’l+fe’l tarzida bo‘ladi.
Birinchi fe’l so‘zning asosiy leksik ma’nosini ifodalaydi. Shuning
uchun u yetakchi fe’l sanaladi. Ikkinchi qismi esa birinchi qismga
(yetakchi fe’lga) qo‘shilib, unga turli xil qo‘shimcha ma’nolarni
yuklaydi, lekin yetakchi fe’lning leksik ma’nosini o‘zgartirib
yubormaydi.
Undan yangi fe’l hosil bo‘lmaydi. Shuning uchun bunday
fe’llarga ko‘makchi fe’llar deyiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, faqat ko‘makchi fe’l vazifasini bajaruvchi
alohida fe’llar mavjud emas. Bir qator mustaqil fe’llar yetakchi fe’l
qo‘shilganda ko‘makchi fe’l vazifasida keladi.
Ularga quyidagilar kiradi: boshla, yot, tur, bor, o‘tir bo‘l, bitir, bit, ol,
ber, qol, qo‘y, chiq, bor, kel, ket, yubor, tashla, sol, tush, yot, qara, boq va
boshqalar.
Yuqoridagi fe’llar faqat yetakchi fe’lga qo‘shilgandagina ko‘makchi fe’l
vazifasida keladi. Yetakchi fe’l esa ravishdoshning -(i)b va -a, -y shakllarida
bo‘ladi.
Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |