O‘qib
yubor
o‘tir
bo‘l
ol
ber
qol
chiq
kel
tashla
boq
yot
Keyingi so‘zlar ko‘makchi fe’llar bo‘lib,
ular ravishdosh shaklidagi
yetakchi fe’lga qo‘shilib, turli xil qo‘shimcha ma’nolarni anglatmoqda.
Savol va topshiriqlar
1. Yetakchi va ko‘makchi fe’llar qanday fe’llar ekanligini tushuntiring.
2.
Yuqorida
misollardan
foydalangan
holda
uxlamoq,
o‘ynamoq,qaramoq fe’llarini yetakchi shaklga kiritib, uni ko‘makchi fe’llar
bilan biriktiring, ma’nosini tushuntiring.
324-mashq. Qo‘shma fe’llarni topib, yasalishini tushuntiring. Yasalish
holatlariga diqqat qiling.
Podsho xizmatkorini qoshiga chaqirib dedi:
— Ushbu shahardagi barcha tentaklarning nomini qog‘ozga bitib kel!
—
Bosh ustiga, — dedi xizmatkor, lekin bir shartim bor: ro‘yxatni
olganingizdan keyin meni jazolamaysiz.
Podsho rozi bo‘ldi.
Xizmatkor ertasiga ro‘yxatni keltirgach, podsho unga ko‘z
yugurtirmasdanoq o‘shqirdi:
— Nega mening nomimni birinchi qilib yozib qo‘yding. Hoziroq dorga
osilasan. Uni o‘chirib tashla!
— Meni avf eting, — dedi tiz cho‘kib xizmatkor, — nomingiz, albatta,
o‘chiriladi.
SHIJOAТLI
CHUMOLI
Chumoli jon-jahdi bilan o‘zidan o‘n barovar katta chigirtkani sudrab
borar edi. Ko‘rganlar taajjublandilar.
—
Chumolini qaranglar-a, qiltiriq holida ham shunday og‘ir yukni
sudrab ketyapti-ya?!
Chumoli bu gapdan kuldi va shunday dedi:
— Mardlar yukni
jussasi va qudrati bilan emas, balki g‘ayrat hamda
shijoati bilan tortadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: