Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

325-mashq. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarini aniqlang va ularga 
izoh bering. 
1. Тog‘lar loqayd bir ulug‘vorlik bilan sukut saqlashar va bag‘ridagi 
odamlarning yaxshi-yomon ishlariga tilsiz guvoh bo‘lib turishar edi. (P. 
Qodirov) 2. Yerdan aziz narsa yo‘q! Otamiz rahmatlik, bobolarimiz, undan 
narilar — hammasi bir shapaloq yerdan rizqini chiqarib kelgan... Rostmi? 
(Abdulhamid Cho‘lpon) 3. Shundoq bekat ro‘parasida ikki qavatli 
univermag oynavand eshiklarini ochgan, xaridorlar chumoliday g‘imirlashib 
kirib-chiqib turishardi. (O‘. Hoshimov) 4. Тurg‘unoy yovvoyi quyonday har 
bir so‘z, har bir harakatdan hurkib o‘tirar va to Maston olib bermaguncha 
qo‘l uzatib bir narsa olmas edi. (A. Qahhor) 5. Kishi yaxshi narsaga intiladi, 
yomon narsadan qochadi. Тurg‘unlikka, ayniqsa, uzoq davom etgan turg‘un 
holatga ko‘nikadi. Illatga ko‘nikish esa qabohatga olib keladi. (G‘aybulla-
as-Salom) 
6. Oqil ma’no guruhida zinhor,
Hech or aylama gadolig‘din.
Kim, bularga gadolig‘ ortiqdur,
Ahli suratqa podsholig‘din. (A. Navoiy) 
326-mashq. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarini o‘zi bog‘langan so‘z 
bilan birga ko‘chirib oling va ularga tavsif bering. 
Eshik ochilganda Sherzod mudrab yotardi. U ildam qaddini rostladi-yu, 
ichkariga kirib kelayotgan bo‘lim mudirini ko‘rdi. Mudir xalatining 
tugmalarini yechib yuborgan, ingichka bo‘ynidagi guldor galstugining 
bog‘ichini bo‘shatib qo‘ygan, tez yurib kelganidan bo‘lsa kerak, yonoqlari 
turtib chiqqan, yuzi qizarib ketgan edi. 


«Joyning egasini olib kelayotgan bo‘lsa kerak», deb o‘yladi Sherzod 
undan ko‘z uzmay. Bo‘lim mudiri palata o‘rtasida to‘xtadi-da, eshik tomon 
qarab gapirdi: 
— Sayfi Soqiyevich! Marhamat, kiravering. 
U bu gapni xuddi aziz mehmonni uyiga chorlagan mezbon singari ichki 
hurmat bilan iymanib aytdi... 
(O‘. Hoshimov) 
Uyga topshiriq. Quyidagi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari 
ishtirokida gaplar tuzing. Ularni har xil ko‘rinishlarda qo‘llab ko‘ring. 
Aytib
turmoq
turib aytmoq
Yugurib
turmoq
turib yugurmoq
Olib
turmoq
turib olmoq
O‘ylab
turmoq
turib o‘ynamoq
O‘ynab
turmoq
turib o‘ylamoq
O‘qib
turmoq
turib o‘qimoq.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling