Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

327-mashq. Matn ichidan bo‘lishsiz fe’llarni toping, ularni daftaringizga 
ko‘chirib yozing va hosil bo‘lish yo‘llarini tushuntiring. 
HASAD KEMIRMASIN YURAGINGIZNI... 
Ha, hasad — yomon kasallik. Axir, hasadgo‘y uchun dilidagini 
aytmoqlik oson emas. Vaholanki, qora ranglarga bo‘yamoq, loy, balchiq 
suvamoq rohat unga. 
Birovga yaxshilik qo‘l yoki pul bilan, yo til bilan qilinadi. Oramizda 
kasbdoshingiz yutug‘i, obro‘si, mol va dunyosini ko‘rolmay, duch kelganga 
yomonlaguvchilar bor. Ular oldingizda yasama kulib, ta’zim ila bir xil 
so‘zlaydi, ammo orqangizdan go‘ringizga g‘isht qalaydi. Qandoq qilib 
poyingizni qirqishni o‘ylaydi, shuning uchun tunlari uxlamaydi. O‘ngida 
ham, tushida ham qilar ishi qolib, yaxshilar yo‘liga g‘ov izlaydi, tirnoq 
ostidan kir qidiradi hamda topgan-tutganini doston qilib so‘zlaydi. 
So‘zlaganda iztirobda ko‘zlari kirtayib, lablari uchadi va tanasi qaltiraydi. 
Betoblanadi, zir yuguradi, davo izlaydi, dori-darmon topadi-yu, ammo 
dardiga malham topa olmaydi. Aslida hasad yurakni kemiradi. Ey 
hasadgo‘ylar, yaxshisi, kengroq bo‘ling. Besh kunlik dunyoning 
g‘animatligini o‘ylang. Qo‘lingiz bilan mol-davlat yoki pul bermang. Тoza 
yurak, shirin til bilan yaxshilik qiling.


328-mashq. Gaplardan bo‘lishsizlik ma’nosini ifoda etuvchi fe’llarni 
toping va ana shu qo‘shimchalarning tagiga chizing. 
1. Mag‘rur, mutakabbir, yolg‘onchi bo‘lmaylik va shunga o‘xshash 
yaramas illatlardan pok bo‘laylik. 2. Men u odamga bergan bahoyimda 
yanglishmadim, to‘g‘ri so‘zladim. 3. Sizlar boyligingiz, kuch-quvvatingizga 
mag‘rur bo‘lib, aysh-ishrat bilan mashg‘ulsiz. El-yurt ahvolidan xabar 
olmaysiz, faqat o‘z manfaatingizni o‘ylaysiz, el-yurt manfaatini 
ko‘zlamaysiz. (Sh. Zunnun) 4. Dushman chaqirsa, borma, do‘st chaqirsa, 
qolma. 5. Yomonga o‘lim yo‘q, yaxshiga — yurim. 6. Yomonga 
yondashgan yiqilmay qolmas, oxiri chuqurga tiqilmay qolmas. 7. Yomonni 
ishga emas, oshga chaqir. 8. Aytmagan so‘zni ayttirib bo‘lmas, aytilgan 
so‘zni qaytarib bo‘lmas. 9. Odam o‘zidan ketmasligi kerak. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling