Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

329-mashq. Berilgan gaplarni o‘qing. Bo‘lishsizlik ma’nosini hosil 
qiluvchi qo‘shimcha va so‘zlarni toping. 
1. Ko‘z milklari yallig‘lanishi va ko‘z olmasining qizarishi vitaminlar 
yetishmasligi natijasida paydo bo‘lishi mumkin. 2. Kimyoviy tolalardan 
to‘qilgan matolar dazmollanayotganda dazmol qattiq qizdirilmasligi kerak. 
Paxta va zig‘ir tolasidan tayyorlangan matolar namlab yoki suv purkab, 
yaxshi quritmay dazmollanadi. 3. Qish uzoq davom etganligi uchun 
bahorning birinchi chechaklari ham ko‘z ochishga chog‘lanmayroq turibdi. 
4. Bahor borliqqa o‘z sepini yoyib ulgurgani yo‘q. 5. Bir umr ezgulikni 
izlab, boshqalarga ma’rifat-u ma’naviyat ulashayotgan insonlarning hayot 
yo‘llarida ibratli ekanligini ko‘pincha sezavermaysiz. 6. Bitta o‘g‘limni 
qoldirishga ko‘zim qiymayapti-yu, ikkalangni qandoq tashlab ikkalamiz 
tushamiz. 7. Oyni etak bilan yopib bo‘lmas. 8. Bir badavlat donishmanddan 
so‘radilar: Тurmushingiz farovon bo‘lsa ham, nima uchun sizni xursand 
bo‘lib yurganingizni ko‘rgan emasmiz. U shunday javob beribdi: «Chunki 
och-yalang‘och yashayotganlarni men hech qachon unutolmayman». 
(Gazetadan) 9. Bo‘lmasa ishq ikki jahon bo‘lmasin, ikki jahon demaki jon 
bo‘lmasin. (Navoiy) 10. Zo‘rni ko‘rib tan berishni o‘rganing. Chirkin 
fikrlarni, fisq va fasodlarni, ig‘vo-g‘iybatlarni, eng yomon hasad xaltalarini 
tilsiz shamollarga topshiring, yellar hech kimga aytmay uzoq-uzoqlarga olib 
ketsinlar. (M. G‘anijon qizi) 
 
330-mashq. Gaplar ichidan bo‘lishsiz fe’llarni aniqlang. Ularni tarkibiga 
ko‘ra tahlil qiling. 


1. Biz ona yurt, aziz Vatan debon sog‘inch va orziqishlarda yashaymiz. 
Shu bois, mo‘tabar tuprog‘imizning har zarrasini, har giyohini nega endi 
diydamizga surtmaymiz? 2. Bu shunchaki bir hikoyat va yo rivoyat, yoxud 
tiriklik ko‘yida aytilgan qo‘shiq emas. 3. Men sizga bekorga o‘zbekcha 
qochirim qilganim yo‘q. 4. Odamlar g‘urur, chegarasiz manmansirash 
tufayli ne-ne kulfatlarga duchor bo‘lmagan deysiz, shuning uchun ham 
Islom tafakkurining buyuk natijasi hisoblangan so‘fizmda inson o‘z 
«men»idan kechmay turib Ollohni tanimaydi, degan aqida bor edi. 5. Inson 
sirliligicha qolaveradi, ammo odamzod bir-birini anglab yetmaguncha, olam 
tinch, dunyo farovon bo‘lmaydi. 
(S. Mo‘min)  

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling