Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Asos qismga yasovchi vositalar qo‘shib hosil qilingan


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Asos qismga yasovchi vositalar qo‘shib hosil qilingan 
ravishlarga yasama ravishlar deyiladi. Masalan, xotinchasiga, 
bolalarcha, mardona kabi. 


Yasama ravishlar yasashga asos qismga yasovchi qo‘shimcha qo‘shish 
yordamida yoki so‘zlarni bir-biriga qo‘shish orqali hosil qilinadi. 
Yasashga asos qism ot, sifat, olmosh, sifatdosh va ba’zan ravish bo‘lishi 
mumkin. Quyidagi qo‘shimchalar ravish yasash uchun xizmat qiladi: 
-cha: yangicha, eskicha, hozircha, uningcha, shuncha, o‘zbekcha kabi 
-larcha: mardlarcha, do‘stlarcha, qardoshlarcha
-lab: harflab, haftalab, tonnalab
-ona: itoatkorona, mardona, mag‘rurona
-lay (-layin): tiriklay, tiriklayin, butunlay 
-n (-in, -un): ertan-kechin, qishin-yozin, ochin-to‘qin, ostin-ustun 
Ravish yasovchi -larcha qo‘shimchasidagi -cha qismi kabi, singari 
ko‘makchilari bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun ular 
ko‘pincha almashtirib qo‘llaniladi. 
Masalan, mardlarcha — mardlar kabi, yovuzlarcha — yovuzlar singari
Shuningdek, ravish yasovchi -cha qo‘shimchasi otlardagi kichraytirish-
erkalash qo‘shimchasi bo‘lgan -cha bilan omonimik munosabatda bo‘ladi. 
Masalan, yosh yigitcha  yigitcha ishladi. 
Bu o‘rinda -cha qo‘shimchasining omonimligi asosida leksema 
omonimligi vujudga kelgan: yigitcha: 1. Kichkina yigit. 2. Yigit  kabi. 
-cha ning bu ikki vazifasi urg‘u bilan ham farqlanadi. Kichraytirish-
erkalash ma’nosini bildiruvchi -cha qo‘shimchasi urg‘u oladi. Yigitcha, 
qizcha, kuchukcha kabi. Ravish yasovchi -cha qo‘shimchasi esa urg‘u 
olmaydi. Urg‘u so‘zning bu qo‘shimchadan oldingi bo‘g‘iniga tushadi: 
yigitcha, xotincha, erkakcha kabi. 
-cha qo‘shimchasini tushirib qoldirib, bu qo‘shimchani olgan so‘z 
oldidan kichkina so‘zini qo‘yish mumkin bo‘lsa, -cha qo‘shimchasi otning 
kichraytirish-erkalash shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha sanaladi. Masalan, 
quticha — kichkina quti, uycha — kichkina uy kabi. 
-cha o‘rniga -dekkabi, singari ko‘makchilarini qo‘shish mumkin bo‘lsa, 
u ravish yasovchi qo‘shimcha hisoblanadi. Masalan, yigitcha — yigit kabi 
(singari). 
So‘zlarni takrorlash va juftlash yo‘li bilan ham ravish yasash mumkin. 
M a s a l a n, nari-beri, hali-beri, naridan beri, erta-indin, tez-tez, juda-
juda, qadam-baqadam singari ravishlarga e’tibor bersangiz, ularda bir 
so‘zning takrorlanishini yoki o‘zaro ma’nodosh va zid ma’noli ikki so‘zning 
juft keltirilganligining guvohi bo‘lasiz. Masalan, tez-tez (bir so‘zning 
takrori), eson-omon (ma’nodosh so‘zlarning juftlashishi), avval-oxir, erta-
kech (zid ma’noli so‘zlar juftlashishi). 


Bunday ravish qismlari o‘rtasiga yozuvda doimo chiziqcha qo‘yib 
yoziladi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling