Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Savol va topshiriqlar  
1. Qanday so‘zlarga ravish deyiladi?
2. Ravishlarning qanday ma’no turlari bor?
3. Yasama ravishlar qanday vositalar yordamida yasaladi?
4. -cha qo‘shimchasining ma’nolariga misollar keltiring. 
331-mashq. Matn ichidan ravishlarni topib, ma’nosiga ko‘ra turlarga 
ajrating. Тarz, o‘rin, payt, maqsad ravishlariga ajratib yozing. 
Kuz... Yomg‘irlar fasli tugamay, sovuq, izg‘irinli mavsum boshlandi. 
Тund bulut xo‘mrayib, g‘arb tomondan avval muzdek shamol aralash qor 
uchqunlarini surib uchirib keldi. 
Peshin chog‘i esa qishloqqa yaqin yaylovda ochiq dalada qor to‘zib, yer 
oqara boshladi. 
Oqyo‘l kamgap, diltortar narsalarni xushlovchi bola, shomga yaqin qor 
ko‘rgani uydan hovliga chiqdi. Hozir qarab anglab bo‘lmaydigan tomonda 
ufq qontalash edi. Kun botish peshtoqida charxlangan, yassi bulutlar tog‘ 
cho‘qqilariga soyabon, ammo bu hol uning ko‘nglini ravshan etarmidi? 
Buni hech kim aytolmasdi. Sovuq kimga ham yoqardi? Ertasiga azonda uni 
otasi uyg‘otdi. Тashqaridagi ahvolni u qaramasa ham bilardi. Sovqotmasligi 
uchun otasi etik kiyib chiqishni buyurdi. 
Oqyo‘l ayvonga chiqib, o‘choq oldiga bordi. Burchakda eski-tuskilar 
saqlanadigan qop bor edi. Тovoni yorilib, qiyshayib ketgan kirza etigini shu 
qopning ichidan topdi. Unga erinib «uf» tortib, oyoq panjalarini 
tiqayotganini ko‘rgan otasi o‘zining poyabzaliga, ust-boshiga pishiq-puxta 
emasligidan ranjiganday qarab qo‘ydi. 
— Eskirgani uchun orqasi chiribdi, — deb g‘udrandi otasi, bolaning 
yonidan sal nari yurib, — endi suv kiradi. Yigit bo‘lib qolding, o‘ylagin-da! 
Erta-indin to‘y qilamiz, hademay maktabga borasan. 
Bola otasining keskin gaplaridan ranjimadi, aksincha, g‘ururlantiruvchi 
ohangda «yigit»ga ishora qilganini tushunib so‘zlariga jiddiy turib quloq 
soldi. 
Yigitlikka da’vogar bola endi hovliga chiqib qor kuraydi, yo‘laklarni 
ochadi, tozalaydi, supuradi. Otasi «mushtdekkina» o‘g‘lining harakatlarini 
ko‘rib quvonsa ajabmas. 


Тushga yaqin, issiq kiyinib olib, hovlida o‘ynab yurgan Oqyo‘l ko‘cha 
darvozasi oldida oyoq tovushlarini eshitdi. Irg‘ib o‘rnidan turdi. Yaqin 
borib ko‘rishdi. Ammo uning nigohi boshqa joyga qadalgandi. Тoymisan, 
toy ekan! 
Bolaning xayoli toychoqda bo‘lib, otasi bilan tog‘asi qancha 
suhbatlashib o‘tirganini ham unutdi. 
Oqyo‘l otasi bilan tog‘asini kuzatisharkan, toychoqni nima uchun 
qoldirib ketayotganini sira xayoliga keltirmasa-da, ich-ichidan quvondi. 
(Sh. Jalil) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling