Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


-mashq. «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni» mavzusida munozara  o‘tkazing. Nutqimizda ravishlarning ishlatilishiga diqqat qiling.  333-mashq


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

332-mashq. «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni» mavzusida munozara 
o‘tkazing. Nutqimizda ravishlarning ishlatilishiga diqqat qiling. 
333-mashq. Berilgan gaplardan ravishlarni toping. Unda ishlatilgan 
kelishik, egalik qo‘shimchalarining qanday vazifada kelganligini ayting. 
(O‘z ma’nosidami yoki vazifasini yo‘qotganmi?) 
1. Ota-onaning roziligi umrni ziyoda qiladi. 2. Is’hoq birdaniga kecha 
bo‘lib o‘tgan voqeani esladi. 3. Yaqinda Oqsaroy bekatida bo‘lib o‘tgan 
voqea hammamizni o‘ylantirib qo‘ydi. 4. Birdan eshik ochildi. 
Chalqanchasiga yonboshlab, bag‘rini sovuq ko‘rpaga burkab yotgan 
cholning ko‘zlari xira tortib qolgan, nursiz edi. 5. Otam kerza etigi 
qo‘njidan to‘satdan suyak dastali, dastasiga shisha ko‘zlar qadalgan 
pichoqni sug‘urdi. 6. Тo‘rtko‘z oyoq bosib turdi va shiddat bilan uzoqlarga 
— kimsasiz qir tomon chopdi. 
(Sh.Jalil) 
334-mashq. Quyidagi omonim qo‘shimchalarga misollar yozing. Ular 
ikki xil so‘z turkumini ifoda etsin. 
-lab, -cha, -larcha, -da, -dan, -lar. 
335-mashq. Yozuv taxtasining ikki tomoniga 2 xil gap yozing. 
Тarkibida ishtirok etgan ravishlarni sinonim ravishlar bilan almashtiring. 
1. Yomg‘ir suvi tez oqadi. 2. Yomg‘ir suvi sekin oqadi.
336-mashq. Nuqtalar o‘rniga ravishlarni qo‘yib ko‘chiring.


HAYO 
Hayo inson hayotining... hisoblanadi. Hayo, ibo komil xulqqa ega 
bo‘lgan kishi ruhining tafakkuri, ma’naviy timsolidir. Payg‘ambarimiz: 
«Hayo imondadir, imon esa jannatga eltadi», demish. 
...ayol — hayo ramzi sifatida qadrlanib kelinadi. Rivoyat qilishlaricha, 
o‘limga mahkum etilganlar ichida bir ayol ham bor ekan. Ularni o‘limga 
olib ketishayotganda ayol yo‘lda iр va igna berishlarini so‘raydi. 
— Nima qilasan shu ignani? — so‘rabdi jallodlar. 
— Тizzamning choki so‘kilibdi, shuni chandib olay, — debdi ayol.
— Axir, sen ... o‘lasan-ku! — debdi posbonlar 
Men ayolman, sharm-hayoyimni ... saqlashim kerak. O‘lim sari 
ketayotgan bo‘lsam ham, nomusim haqqi, xaloyiq ... ayolday chiqishim 
kerak, — debdi ayol. 
Ayol xonadon ravnaqidir, chunki u oila a’zolarini tushunadi, ... bilan ish 
olib boradi, hayotning achchiq-chuchuklariga chidab, ... yashaydi. Bunday 
ayollarni xalqimiz hayoli, vafoli deb bilishgan. Shuning uchun ham o‘zbek 
xotin-qizlari uchun hayo asosiy fazilat bo‘lib kelmoqda. Hayotdagi har bir 
narsani ko‘rish, bilish uning qadr-qimmatini idrok etish, o‘ylab ish yuritish 
bu hayo tuyg‘usining ... tushuncha ekanligini ko‘rsatadi. 
(U. Mahkamov) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling