Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

337-mashq. Muhammad alayhissalomning hadisi muboraklariga 
yozilgan she’riy iqtibosidan keltirilgan namunalarni o‘qing, uni nasriy 
bayon qiling, ravishlarning ishlatilishiga, ma’nosiga e’tibor bering. 
1. Qalbiga rahmli, qudratli Olloh
Rahm-u shafqat nurin solmagan inson
Elga ziyonkordir har yerda, har chog‘
Hasrat, nadomatda qolguvchi har on.
2. Kimniki odamlar ishorat qilib
Qo‘li bilan ko‘rsatsa doim.
Yomon odamligi shundan ayondir
Bundayin «shuhrat»dan asra, Xudoyim.
3. Mazlum qarg‘ishidan qo‘rqing hamisha
U xoh kofir bo‘lsin va xoh musulmon.


Olamdagi barcha parda-yu devor
Mazlum duosiga bo‘lolmas to‘g‘on.
4. Zamon so‘ngidagi mulkning yomoni
Qul ushlamoq erur, bilib qo‘y, mo‘min.
Erkidan ayirmoq odam farzandin
Ollohga xush kelmas, yaxshi o‘ylagin 
5. Zamonlar kelarki, umr tez o‘tib
Ko‘paygay ishsizlar — nochor, darbadar.
Xasislik avj olur saxovat ketib,
Qotilliklar ortar elda muqarrar.
6. Bir miskin so‘rasa agar sadaqa,
Olloh nomin qo‘yib o‘rtaga nogoh.
Noumid qaytargan har qaysi inson
— Odamlar yomoni, begumon gumroh.
7. Mo‘minga kim qasddan ziyon keltirsa,
Unga firib bersa kunlardan bir kun,
Yomonlar yomoni o‘shadir, bilgin
O‘sha nobakordir, mal’undir, mal’un!
8. Kimki berahmdir — rahm qilinmas,
Kechirmaganlarni kechirmas Olloh.
Jazodan qutilib qololmas aslo
Yo‘lidan qaytmasa qilganlar gunoh.
9. Neki mast aylasa va yoki sarxush,
Neki bo‘shashtirsa yo qilsa behush
Uzoq bo‘l ulardan, ixtiyor etma,
Og‘zingga olmagan senda bo‘lsa xush.
10. Yarim kecha mahal safardan qaytib
Xonadon eshigin qoqmagin qattiq:
Qo‘shnilar ko‘nglini bezovta qilib
Oilangga qo‘rquv solishing aniq. 
338-mashq. «Xush kalom kamoldir» mavzusida matn tuzing. Unda juft 
va qo‘shma ravishlarni ham ishlating. 


339-mashq. Ravish so‘z turkumiga oid grammatik topishmoqlarning
javobini toping. 
1. Ish-harakat, holatning.
Paytin ko‘rsatgan so‘zlar
Gapda qaysi bo‘lakning
Vazifasida kelar?
2. Ish-harakat, holatning
Ko‘p-ozligini bildirar
Qancha xizmat qilsa ham,
Fe’l so‘zlariga ergashar.
3. Ravish bilan ravishdosh
Bir-biri bilan kasbdosh
Ikkalasi fe’l bilan
Inoq, chin do‘st ham sirdosh.
Nega ikkisi kasbdosh?
4. Ma’nosida daraja-miqdor
Qay darajada? so‘rog‘i ham bor.
«Ko‘p tinglang-u oz gapiring»
Degan xalqning maqoli bor. 
5. Botirlarcha, kitobcha.
Uycha, qahramonlarcha.
Тo‘rt so‘zda bor to‘rttacha
Farqi bormi sizningcha.
6. Тasodifan, majburan,
Anjuman ham umuman.
Тo‘rtta so‘zmiz inoqmiz,
Farqi bormi sizningcha?
7. Qizilroq, kechroq, biroq,
Ertaroq, ko‘kroq, quroq.
Har so‘z oxirida — roq
Ravishni toping tezroq.


8. Тezpishar ham tez pishar, 
Тinchoqar ham tinch oqar.
Shakli bir xildir so‘zlar,
Farqini kimlar topar?
9. Yaxshi yuvgin, yaxshi yegin.
Yaxshi degin, yaxshi bola.
«Yaxshi» so‘zin farqin degin? 
10. Asta-sekin yuradi,
Ham yonma-yon turadi?
Qaysi oldin yuradi?

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling