Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Тopishmoqlarning javobi  
1. Payt ravish gapda payt xoli vazifasida bo‘ladi.
2. Daraja-miqdor ravishlar. 
3. Fe’lga ergashgani va o‘zagi fe’l bo‘lgani uchun.
4. Daraja-miqdor ravishlari. 
5. Botirlarcha, qahramonlarcha — ravishlar, kitobcha, uycha — ot.
6. Тasodifan, majburan — ravish.
7. Qizilroq, ko‘kroq — sifat, kechroq, ertaroq — ravish.
8. Тezpishar, tinchroq — sifat, tez, tinch — ravish. 
9. Birinchi va uchinchi yaxshi — ravish, to‘rtinchi, beshinchi 
yaxshi — sifat. 
10. Ravish. 
340-mashq. Quyida berilgan grammatik ertakni o‘qing. Siz ham 
namunadan foydalanib, ravish so‘z turkumi va uning nutqimizda 
ishlatilishiga oid ertak yozing. 
QO‘SHIMCHAVOYLAR 
Bor ekanda, yo‘q ekan, qadim va hozirgi zamonda uchta aka-uka 
qo‘shimchalar yashagan ekanlar. Ularning ismlari o‘ziga xos ekan. 
Birinchisining ismi Yasovchibek, ikkinchisiniki O‘zgartiruvchibek, 
uchinchisiniki Shakl hosil qiluvchi ekan. Kunlarning birida ulardan bittasi 
shunday debdi: «Nega bizni odamlar qo‘shimchalar deb atashadi?» Shunday 
deb ular xafa bo‘lib o‘tirishganda, O‘zak, So‘z, Negizvoylar kelib qolibdi. 


Ulardan biri gap boshlabdi: «Biz so‘zning asosiy qismimiz, sizlar esa 
qo‘shimchalar», deb maqtanibdi. Shunda bechora qo‘shimchalar battar 
o‘ksinibdilar va hatto yig‘lab ham yuboribdilar. Shu payt asta-sekin davraga 
Gap xola kelib qolibdi. Aka-ukalar unga voqeani aytib berishibdi. O‘zak, 
Negiz, So‘zlar qo‘shimchalarni ajratib, yolg‘izlatib qo‘yishibdi. Shunda Gap 
xola ularning oldiga borib, avval O‘zakdan: 
— Qani, O‘zakvoy, bergan topshirig‘imni bajardingmi, menga bir necha 
gap tuzib bergin, degandim, — debdi.
Shunda O‘zakvoy darrov qo‘shimchalarni izlabdi, ammo Gap xola ularni 
axtarib hech qayerdan topa olmabdi. O‘zakvoy har qancha urinmasin
gaplar, so‘zlar, ma’nosiz chiqibdi. Shunda So‘z, O‘zak, Negizlar Gap xolaga 
yalinib, uzr so‘rashibdi. Gap xola esa ularni kechiribdi. So‘ng O‘zakvoy 
Qo‘shimchalar bilan birga bo‘lib, bemalol gaplar tuzibdi, she’rlar to‘qibdi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling