Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Savol va topshiriqlar  
1. Qanday so‘zlarga yordamchi so‘zlar deyiladi? 
2. Ko‘makchilar deb nimaga aytiladi va ular gapda qanday vazifa 
bajaradi?
3. Ko‘makchilar qanday turlarga bo‘linadi? 
4. Ko‘makchilar bilan kelishiklar o‘rtasidagi umumiylik va o‘ziga xos 
tomonlarni tushuntiring. 
341-mashq. O‘qing. Ko‘makchilarni topib, o‘zidan oldin kelgan so‘zlar 
bilan birga ko‘chiring va gapda qanday sintaktik munosabatlarni 
ifodalashini ayting. 
1. Yaxshi kitob muallifning odamzod uchun atalgan tortig‘idir. 2. Ilm va 
dinning mashhur kishilari o‘z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib 
kelganlar. (A. Тemur) 3. «Ey farzand, ilm olmoqning fazilatlari ko‘pdirkim, 
ilm orqali hayoting farog‘atda, yurish-turishing hurmatda bo‘lur». (A. 
Samarqandiy) 4. Sabrli bo‘lish kabi fazilatlarni o‘zingizda mujassam eting. 
5. Imonli kishi aql-zakovat sohibi bo‘lish bilan birga insoniy, ijtimoiy 
muammolarni hal etishda faol shitirok etadi. 6. Insof va insofli bo‘lish 
singari tushunchalar ayrim diyonatsiz odamlar uchun qadr-qimmatsiz bo‘lib 


qolgandek bo‘lib ko‘rinadi. 7. Vaqt o‘tgan sari odam yaxshilik, ezgulik kabi 
umr ishlariga tashna bo‘lib yashaydi. 8. Xudbin odam adolat yuzasidan 
emas, shaxsiy manfaat-lari, injiqligi va xudbinligidan kelib chiqib harakat 
qiladi. (O‘. Mahkamov) 
342-mashq. 
Berigan to‘rtliklarni o‘qing. Ma’nosini izohlang. 
Ko‘makchilarni topib, ularning grammatik xususiyatlarini tushuntiring. 
Har neki go‘yo yo‘q shamol kabi ko‘rinmas zinhor,
Har neki go‘yo bor omonatdir, yemirilar abgor.
Ko‘rgan, har nimaki olamda bor, oxiri yo‘qdir.
Bilgin, har nimaki olamda yo‘q, aslida bor, bor...
Insof adolat-la qiladi amal,
Barchaga salomin etmaydi kanda.
Sadaqa ulashar o‘zi kambag‘al,
O‘shadir imoni mukammal banda.
Тiriksan, yaxshilik yo‘llarini tut,
Yaxshilik umringni bezaguvchi qut.
Mard bo‘lsang, ozoring uchun uzr ayt,
O‘zgalar ozorin batamom unut. 
Yo yomg‘ir bo‘lamiz, bo‘lamiz shabnam, 
Maysalar kiрrigin aylajakmiz nam.
Nogoh xazon misol to‘kilganda ham,
Sendan bir dam ayro tushmaymiz, Vatan!
(Т. Xolmatov) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling