Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

343-mashq. Berilgan gaplardagi ko‘makchilarni kelishiklar bilan 
almashtirib ko‘chiring. 
1. Zarina so‘zlar, sakkiz o‘g‘il o‘rtasida yolg‘iz qiz bo‘lgani uchun 
erkakshoda bo‘lib o‘sgandi, hech narsadan tap tortmay so‘zlayverardi ham. 
Gap orasida menga qarata: «Sen o‘lgur menga bugundan boshlab ikki 
tomonlama yaqin bo‘lib qolding», deb yubordi. 2. Sizning sog‘ligingiz, 
sizning baxtingiz uchun gapirsak arziydi. 3. Mening ko‘nglim sezgan edi


shu sababli tushlikni chala-chulpa qilib, uy tomon yugurgan edim. 4. 
Palataga kirib borganim sari meni vahima bosardi. 5. Siz go‘daklardek 
pishillab uxlardingiz, timqora va quyuq sochlaringiz oppoq yostiq ustida 
yoyilib yotardi. 6. Voqealar tizimidan sal ilgarilab ketdim, shekilli, bu haqda 
maktubimning keyingi sahifalaridan birida alohida to‘xtab o‘tarman. 7. 
Kasbim sharofati bilan baribir qaysi jumlangiz yolg‘on ekanini gapingiz 
ohangidan bilib olaman. 8. Ona urug‘im haqida boshqa narsani bilmayman, 
bilganim shuki, onamlar Siz kabi bo‘lishni xush ko‘radilar. 
(A. Ibrohimov)
344-mashq. Quyidagi ko‘makchilar ishtirokida gaplar tuzib, yozing. 
Bo‘yi, haqida, to‘g‘risida, tufayli, uzra, misli, misoli, uchun, singari, 
kabi, sari, tomon, orqali, bo‘ylab, qarab, qaraganda, ko‘ra, yarasha... 
345-mashq. Nuqtalar o‘rniga zarur ko‘makchilarni qo‘yib, so‘z 
birikmalari hosil qilib ko‘chiring. 
O‘qish... intilmoq, otasi... bormoq, test... bahslashmoq, erk... 
suhbatlashmoq, litseyga ... yurmoq, jahon... yuksalmoq, osmon ... 
hilpiramoq, tog‘ ... bormoq, qizimdan ... balandroq, jahon... yangramoq, 
ko‘z ... gaplashmoq, qarorga ... haydalmoq, kechadan... tayyorlanmoq, 
qozon ... quyildi. 
346-mashq. Nuqtalar o‘rniga gaplarning talabiga mos ko‘makchilarni 
qo‘yib ko‘chiring. 
1. Qimmatli fikrlar hozirda, sahnaga chiqayotgan yosh iste’dod 
sohiblariga sahna sirlaridan saboq olishlari... yordam berishi shubhasiz. 2. 
Yoshlarimizning bilimli, kasb-hunarli bo‘lishga, Vatanga sadoqat ... xizmat 
qilishga undash O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z ifodasini 
topgan. 3. Milliy qadriyatlarga tayanib, dunyoviy bilim va hunarlarni 
egallab olayotgan yoshlarimizning fazilatlari... soatlab gapirish mumkin. 4. 
Vatan himoyasi yo‘lida jon fido etgan o‘g‘lonlarimizning onalari achchiq 
iztirob, og‘ir ayriliq... turib ham mardonalik... istiqlol... ko‘ksini qalqon 
qilgan farzandlari... faxrlanib gapirganini hammamiz eshitdik. 5. Qishloq ... 
taralayotgan kuy qizning yurak-bag‘rini ezayotgan edi. 6. Undan... onangni 
bir bor yo‘qlab, asrlar... sayqallashib kelayotgan udumimizni saqlab 


qolmabsan-da. 7. Sen... mening niyatlarim kun... orqaga ketayotganligini his 
qila boshladim. (Gazetadan

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling