Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
347-mashq. Matn ichidan ko‘makchilarni topib, qaysi so‘z turkumidan
keyin kelganini va turini ayting. Odatdagi shakldan boshqacha qo‘llangan ko‘makchilarning tagiga chizib, yozilishini tushuntiring, ular nutqning qaysi uslubiga xosligini ayting. Oqil, donolardan Hojimurod Odiliy aytadi: — Bir olim, fozil odam yomon fe’l-atvorga ega bo‘lgan qo‘pol tabiatli odam birla bir qancha vaqt suhbatdosh bo‘lib umr o‘tkazdi. Uning qo‘pol muomalasiga barcha kabi chidab keldi. Bir kuni haligi qo‘pol tabiatli odam safar tomon chiqib ketdi. Olim odam kun bo‘yi toqatsizlanib yig‘ladi. Odamlar taajjublanib: — U badfe’l odamdan qutulganingizga sevinmasdan yig‘laganingiz qiziq. Axir sassiqso‘z, shu qadar qo‘pol muomalali sherigingizdan qutulganingiz ko‘nglingizga shodlik, joningizga huzur-halovat emasmi? — deb olimdan so‘radilar. Olim, fozil odam u haqda shunday javob berdi: — U badfe’l sherigimdan ajralganim uchun emas, balki u bechoraga achinganimdan, unga rahmim kelganidan yig‘layman, chunki shuncha suhbatlarimdan foydalanmay, yomon fe’l-atvorini o‘zi birla birga olib ketdi, mana shu sababdan achinib ko‘zyosh to‘kaman. BAYТ: Yomon birla suhbatdosh bo‘lishdan qaytsin har kishi, Hech tirilmaydi o‘tganlar, har qancha to‘ksang ko‘zyoshi. 348-mashq. O‘qing. Ko‘makchilarni toping. Qaysi kelishikdagi mustaqil so‘zlar bilan birga kelganligini ayting, ma’no xususiyatlarini tushuntiring. VAТAN QAYG‘USI Yotsam tushimda, uyg‘onsam yonimda, ko‘z yumsam, miyam-da, ko‘z ochsam qarshimda mungli bir xayol kelib turardur! Ey mungli xotun, sen kimsan! Ey g‘amli ona, nechuk mungdan ayrilmaysan? Yonimda, ko‘zimda, miyamda, yuragimda nima axtarasan, nechuk ketmaysan? Qayg‘u tutunlari ichra yog‘dusiz qolgan ko‘zlaring yosh yomg‘irlari nechun to‘kadur? Zulm zanjirlari bilan bog‘langan qo‘llaring nechun har yonga uzatiladur, nima tilaysan? Oh... Bildim... Angladim! Sen mening Vatanimsan, Vatanning mungli xayolisan. Yurtim, Тuronim, sendan ayrilmoq —mening o‘limim. Sening uchun o‘lmoq mening tirikligimdur. Yo‘q, sen kimsasiz emassan. Mana men. Borlig‘im bilan senga ko‘mak qilurga hozirman. Mana men, chin ko‘ngil bilan sening yo‘lingda o‘lurga rozi. Qof tog‘lari yo‘limda tushsa, tamug‘ olovlari qarshimda chiqsa, yana sen sari ketarman. Men sening uchun tug‘ildim, sening uchun yasharman, sen uchun o‘larman. (A. Fitrat) Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling