Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
Тayanch tushunchalar 
leksika, leksikologiya, lug‘at tarkibi
3.2. SO‘Z VA LEKSEMA 


Dars maqsadi: o‘quvchilarda so‘zning tovush hamda ma’no tomoni 
haqida bilim va ko‘nikmalar hosil qilish. 
R e j a:
* So‘z haqida tushuncha.
* Leksema.
* Leksik ma’no.
* Grammatik ma’no. 
1-topshiriq. Vatan haqida bitta she’rni daftaringizga yozing va bu 
she’r tarkibida nechta so‘z ishtirok etayotganini aniqlang. 
 
2-topshiriq. So‘z deganda nimani tushunishingizni bayon qiling. 
Nutqimiz so‘zlarning qo‘shiluvidan hosil bo‘ladi. So‘zni talaffuz 
qilganimizda va qulog‘imiz bilan eshitganimizda go‘yo u faqat tovushlar 
ketma-ketligidan tashkil topgan butunlikdek tuyuladi. So‘zni bunday 
tasavvur qilish bir yoqlamadir, chunki har qanday tovushlar birikmasi so‘zni 
hosil qilavermaydi. Masalan, so, kos singari tovush birikmalarini so‘z deb 
bo‘ladimi? Yo‘q. So‘z bo‘lish uchun tovushlar birikmasining o‘zigina 
kifoya qilmaydi. Ma’lum tovush va tovushlar birikmasi ma’no bilan 
bog‘langandagina so‘zga aylanadi. Yuqoridagi tovush birikmalarining 
tartibini o‘zgartirsak, ular ma’lum ma’no bilan bog‘lanadi. Masalan, os, 
sok kabi. 
Demak, so‘zning ikki tomoni: moddiy tomoni (tovush yoki harflar 
ketma-ketligi) va ma’no tomoni mavjud. 
Ma’lum ma’no bilan bog‘langan va morfologik shakllangan 
tovush yoki tovushlar birikmasi so‘z sanaladi.
So‘z ikki xil ma’no bildiradi. Bu ikki xil ma’noni opa so‘zi misolida 
ko‘rib chiqaylik. 
Opa so‘zi aka, uka, singil singari so‘zlar bilan qarindoshlik ma’nosi 
bilan bir guruhga birlashadi. Ayni paytda, bir guruhga mansub bo‘lgan 
yuqoridagi so‘zlar bir-biriga zidlanganda, ma’lum ma’nolari bilan o‘zaro 
farqlanadi. 
Xususan, opa so‘zi o‘gay opaga zidlanganda, qon-qorindoshlik (o‘gay 
emaslik) ma’nosini bildirishi bilan; opa so‘ziga zidlanganda, men bilan bir 
bo‘g‘inga mansublik ma’nosini bildirishi bilan; aka, uka so‘zlariga 
zidlanganda, ayol jinsiga mansublik ma’nosi bilan; singil so‘ziga 


zidlanganda esa opaning mendan kattalik, singilning esa kichiklik 
ma’nosiga egaligi bilan farq qiladi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling