Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

349-mashq. Uyga topshiriq. «Donolar bisotidan» nomli bog‘lanishsiz 
matnni o‘qing, ko‘makchilarni toping, uni bog‘lanishli matnga aylantirib 
hikoya qiling. Sarlavha qo‘yish ham yodingizdan chiqmasin. 
DONOLAR BISOТIDAN 
— Yoshlarga va keksalarga qaysi fazilatlar lozimdir? .. 
— Yoshlarga sharm-hayo, ishda jasorat, keksalarga muloyimlik.
— Kimdan hazar qilish lozim?
— Maqtanchoqdan, chaqimchidan hamda xasis boydan.
— Kimni badbaxt deyish kerak?
— Тakabbur odamni.
— Eng oqil kishi kim?
— Ko‘p bilib, oz so‘zlaydigan odam.
— Fosiqning qanday belgilari bor? 
— Fosiqlar ko‘rishganda laganbardorlik, orqavarotdan esa g‘iybat 
qiladilar, boshingizga musibat tushganda xursand bo‘ladilar.
— Nimalar g‘am-koyishni yo‘qotadi? 
— Do‘stlar bilan ko‘rishish va zamon fozillari, oqillari bilan suhbat 
qilish.
— Ilmning ofati nimada? 
— Istamagan kishiga ilmdan gapirish, so‘zga tushunmaydigan kishilarga 
o‘rinsiz ilm o‘rgatish ilmning ofatidir.
— Befoyda narsa nima? 
— Amalga oshmaydigan ishlardan umid qilish befoydadir. 
— O‘zini ham, o‘zgalarni ham qiynaydigan odamlar kimlar? 


— Unday odamlarning besh toifasi bor: boshqalarga aql o‘rgatuvchi 
nodon, behuda narsalarni orzu qilib yuruvchi xayolparast, hech kim bilan 
maslahat qilmaydigan hukmdor, qo‘lidan kelmaydigan ishlarga urinuvchi 
maqtanchoq, shoh xizmatidagi xiyonatkor. 
 
350-mashq. Uyga topshiriq. Quyidagi ko‘makchilarni qatnashtirib, 
«Samarqand sayqali» nomli matn tuzing. 
Bilan, uchun, sari, sayin, kabi, singari, orqali, yanglig‘, osha, uylab, 
ichra, chamasi, haqida, tomon, ko‘r. 
351-mashq. Matnni o‘qing, ko‘makchilarni topib ular bog‘langan 
so‘zlar bilan birgalikda ko‘chirib yozing. 
ASSALOM, KELAJAK! 
Ey sen, shoshib, hovliqib, dam-badam qo‘lidagi soatiga qarab 
borayotgan inson! Bilarmisanki, qo‘lingga bog‘lab olganing soat emas, 
sendagi sanoqsiz zanjirlarning biridir. 
Bu zanjir ila sening insoniyatga tutashliging bor. Тomchi bo‘lib daryo 
bilan oqayotirsan, zarra bo‘lib koinot bilan charx urayotirsan. Bu zanjir ila 
zamonga daxldorsan va sen ham ahli olam qatori uchinchi mingyillikda 
yashamoqdasan. 
Bashariyat tarixi koinot umrining o‘n besh daqiqasi emish. Bu zamon 
ichida u ne qadar kamol topdi? Mamont to‘shini talashib bir-birini 
majaqlagan ajdod bilan din-u irq talashib, mazhab talashib yashayotgan 
avlod o‘rtasida tafovut qancha? 
Bu xayollar va bu savollar, yangi mingyillikda meni qiynab turgan 
hislar, yozilmagan she’rlarimdir. 
Cheksiz, abadiy makon-u zamon ichra mavjudlik ulug‘ baxtim va olam-u 
o‘zni anglamaslik ulug‘ dardimdir. 
Men zarraman. Zarraning koinot bilan bir butunligi va tanholigi bor. 
Sayyoralar kabi o‘z osmoni, o‘z hayoti, o‘z mehvari, o‘z darvozasi bor. 
Zamonim — asrim, makonim — vatanim. Shu makonning erki mening 
erkim, zanjirlari mening zanjirlarimdir. 
Ey, mening buyuk va ozurda yurtim, qudratli va jafokash Vatanim! Sen 
o‘z zanjirlaring ichida eng uqubatlisi, eng og‘riqlisi bo‘lgan tobelik va 
mutelik zanjiridan xalos bo‘lding. Ozodlik kuning asr desa asr, ming yillik 


desa mingyillik ichida eng buyuk kundir. U sening yangi tarixing, mening 
yangi umrim boshlangan kun. 
Ey, mening suyukli O‘zbekistonim! Zamonlar kelarki, botiniy 
zanjirlaring ham yechilar. Kelajak haqiqiy hur dunyo ichida sen ham 
chinakam ozod mamlakat bo‘larsan. Zamonlar kelarki, insoniyat 
mojarolarni, qon to‘kishlarni unutar, olamda mehr-u saxovat, poklik va 
ezgulik g‘olib bo‘lar. 
Bizning bu g‘urbat to‘la asrda matonat bilan yashagan avlodning uyg‘oq 
ruhi ul zamon aytar: «O‘lmagan qul shunday kunga ham yetib keldi-ya!» 
Shu umidbaxsh tuyg‘u tufayli bugun: «Assalom, kelajak!» deya 
hayqirgim keladi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling