Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

352-mashq. O‘qing. Bog‘lovchilarni topib, ma’no guruhlariga ko‘ra 
turini qavs ichiga yozing. 
1. Ayol va ijod tushunchalari ayol va bahor kabi bir-biriga yaqin
uyg‘un. 2. Iрak kiyim-kechaklar dazmollanmasligi ma’qul, agar zarur 
bo‘lsa, teskari tomonidan yoki ustiga zig‘ir tolasidan to‘qilgan mato qo‘yib, 
qattiq qizimagan dazmol bilan dazmollanadi. 3. Alla ayting, shunday 
aytingki, bolangiz ulg‘ayib, dunyoni mehrga chulg‘asin. 4. Qo‘zg‘algan 
kasallikni yengish uchun tirik tanda «antitanacha»lar hosil bo‘ladi, ammo bu 
kasallikni 
yengish 
uchun 
har 
doim 
ham 
mikroorganizmlarning 
samaradorligi sezilarli bo‘lmasligi mumkin. 5. O‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi tizimiga shunchaki bakalavr emas, balki qo‘sh ixtisoslikni ko‘zda 
tutgan bakalavr — mutaxassis zarurligini hisobga olish va barcha hujjatlarni 
shu yo‘nalishga moslashtirish kerak. 6. Muallifning Vatan, davlat va jamiyat 
oldidagi mas’uliyati shu qadar yuksakki, shaxsiy manfaat, mukofot yoki 
lavozim ilinjiga o‘rin qolmasin. 7. Nobel neft va portlovchi moddalar ishlab 
chiqarishdan orttirgan boyligini nafaqat fizik hamda ximiklarga, balki 
vrachlar, adabiyotshunoslar va tinchlikparvarlarga ham berilishini vasiyat 
qilib ketdi. 8. Mustaqillik! Seni hayotim bilan ham, san’atim, she’rim bilan 
ham asrayman. (Gazetadan)
9. Men buyuk yurt o‘g‘lidurman,
Men bashar farzandiman,
Lekin avval senga bo‘lsam 
Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim. 
(E. Vohidov) 


353-mashq. Quyida berilgan hikoyatni o‘qing. Тeng va ergashtiruvchi 
bog‘lovchilarni topib, ularning turini, grammatik vazifasini qavs ichiga 
yozing. 
SADOQAТ 
Qadim zamonlarda shunday bir yurt bor ekanki, uning xalqi mehnatkash, 
podshosi odil, hayoti tinch ekan. Shu bois, boshqa bir mamlakatning shohi 
g‘ayirligi kelib, o‘sha yurtni bosib olmoqchi bo‘libdi. Biroq daf’atan hujum 
qilishga jur’at etolmay, o‘sha yurtga o‘z xufiyasini yuboribdi. Xufiya o‘sha 
yurtga boribdi va mulozimlari safiga kiribdi. So‘ng o‘z mamlakatiga borib, 
shohiga bu yurtni olib bo‘lmaslikni aytibdi. «Qal’asi mustahkam emas
lashkari ham ko‘p emas», deb o‘zi guvoh bo‘lgan voqeani aytib beribdi: 
Bir kuni o‘sha podsho shikorga chiqqan edi: men ham, yigitlar ham 
birga bordik. Podsho uchqur bir kiyik ortidan ot qo‘ydi. Shu bois, 
hammamiz unga ergashdik, biroq kiyik narigi cho‘qqiga o‘tib ko‘zdan 
g‘oyib bo‘ldi. Тerlab ketgan podsho ro‘molcha bilan peshonasini artmoqchi 
edi, nogahon shamol kelib, ro‘molchani daraga uchirib ketdi. Shu sababli 
qirq yigitning hammasi o‘zini tubsiz jarlikka otdi. Qanchasi mayib-majruh 
bo‘ldi, ammo omon qolgan bir yigit ro‘molchani olib chiqdi va podshoga 
topshirdi... 
U yurtda bunday yigitlar ko‘p, shuning uchun ham bunaqa yurtni yengib 
bo‘lmaydi.
(O‘. Hoshimov) 
Тopshiriq. Siz ham yuqoridagi matnga asoslanib, «Hech kimga 
bermaymiz seni, O‘zbekiston» mavzusida bahs-munozara o‘tkazing. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling