Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


So‘z va gaplarga qo‘shilib, ularga qo‘shimcha ma’no


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

So‘z va gaplarga qo‘shilib, ularga qo‘shimcha ma’no 
yuklovchi yordamchilarga yuklamalar deyiladi. 
Yuklamalarning ko‘pchiligi qo‘shimcha shaklida, ayrimlari esa so‘z 
shaklida qo‘llaniladi. Ana shu belgisiga ko‘ra yuklamalar ikki guruhga 
bo‘linadi: 
1. So‘z yuklamalar: faqat, hatto, nahotki kabi. 
2. Qo‘shimcha yuklamalar: -mi, -chi, -a (-ya) kabi. 


E s l a t m a: aslida, ikkinchi guruhdagi yuklamalar qo‘shimchalar ekan, 
ularni so‘z turkumlari tarkibida o‘rganish shartlidir, chunki so‘z 
turkumlariga bo‘linish uchun u, albatta, so‘z maqomiga ega bo‘lishi kerak. 
Yuklamalarning qanday ma’no guruhlariga bo‘linishini quyidagi jadval 
orqali ifodalash mumkin. 
Yuqorida keltirilgan yuklamalardan -ku, na... na yuklamalari yozma nutq 
uslubi uchun xoslangan bo‘lsa, qolganlari uslubiy betaraf yuklamalar 
sanaladi. 
Ham yuklamasi bog‘lovchi vazifasida ham qo‘llaniladi. Bunday vaqtda 
qaysi vazifada (yuklama yoki bog‘lovchi vazifasida) kelayotganligini 
farqlash kerak bo‘ladi. 
Ikkita o‘zaro teng munosabatga kirishgan so‘zlarni bog‘lab, va 
bog‘lovchisi bilan almashtirish mumkin bo‘lsa, ham bog‘lovchi vazifasida 
qo‘llangan bo‘ladi. Ham yordamchisi qo‘llanilgan jumla tarkibiga hatto 
yordamchisini ham qo‘llash mumkin bo‘lsa, ham yordamchisi yuklama 
vazifasida, ya’ni o‘z vazifasida qo‘llanilgan bo‘ladi. Solishtiring: Soli ham 
Karim keldi. Hatto Karim ham keldi. 
Yuklamalardan -mi, -gina (kina, qina), -oq (yoq) o‘zi qo‘shilayotgan 
so‘zga qo‘shib yoziladi. Qolganlari o‘zi birikib bir so‘zni kelayotgan 
so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. 
Ko‘p o‘rinda bir yuklamaning o‘rnida ikkinchi almashtirish mumkin 
bo‘ladi. Masalan, Faqat (yolg‘iz) sen kelmading
E s l a t m a: -gina (-kina, -qina) shakllari ot, sifat, ravishga qo‘shilib, 
ma’noni kuchaytirish, erkalash, ta’kidlash uchun ishlatiladi. Masalan, 
ukaginam, qizginayaxshigina, sekingina, ko‘pgina, ozgina va boshqalar. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling