Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
Savol va topshiriqlar
1. Qanday yordamchi so‘zlarga yuklama deyiladi? 2. Yuklamalarning bog‘lovchilar bilan o‘xshash va farqli tomonlarini ayting. 3. Yuklamalarning uslubiy betaraf va uslubiy xoslangan turlarini bayon qiling. 359-mashq. Quyidagilarni ko‘chiring. Gapga so‘roq, his-hayajon, taajjub, ta’kid, kuchaytiruv, ayiruv ma’nolarini beruvchi so‘z va qo‘shimchalarni topib, ularning ostiga chizing. 1. O‘shanda Asadbek undan norizo bo‘lganida «Ikki kishi o‘rniga bitta odam o‘tirgani durust emasmi?» deb o‘zini oqladi. 2. Ketma-ket ravishda ming marta, balki undan-da ko‘p hariflarining kuragini yerga tekkizgan polvon agar dono bo‘lsa, o‘ziga bino qo‘ymaydi, ming birinchi harifni ham albatta majaqlayman, deb katta ketmaydi. 3. Agar G‘ilay tirsagi bilan turtib yuborsa, to‘pponchasi ish bermay qolishi, hatto Bo‘tqaning o‘girilishga ham ulgurmasligi mumkinligini o‘ylamadi. 4. «Qarg‘alar sovuqdan qo‘rqmaydi- ya, men axir yigit bo‘lib qolgan bo‘lsam» o‘yladi Risqitilla va qarg‘aga qarab «hov, hov, ha, ha» deya qo‘llarini yuqoriga niqtadi. Unga beparvo qarab turgan qarg‘a Risqitillaning izzat-nafsiga tegdimi, u shartta oyoqlarini etikdan chiqarib o‘rikka chirmashdi-da, pichoq turgan shoxga olmaxonday liр etib chiqib oldi. 5. Yig‘i aralash yerga tushmoqchi bo‘ldimi, yo qirqayotgan shoxining qanchalik «joni» qolganini sinab ko‘rmoqchi bo‘ldimi joyidan qo‘zg‘alishini biladi — shox qasir-qusur qilib pastga ag‘darildi. 6. Xudo asragan ekan, pichoq qor ichida naq uning yelkasi tushgan joyda yotardi. 7. Jardagi ariqlarda bir paytlar to‘lib suv oqqanini bilasan-a?! (Т. Malik) 360-mashq. Berilgan gaplarga o‘zingiz yuklamalar qo‘ying. Ularning gapdagi o‘rnini va vazifasini tushuntiring. Uslubiy jihatdan qanday qo‘shimcha ma’no berayotganligiga diqqat qiling. XOSIYAТ BUVI Xosiyat buvi nevarasini bog‘chadan olib keldi, o‘zini behol sezdi. Atrofida nimalarnidir javrayotgan bolaning so‘zlari qulog‘iga kirmay, ko‘z oldi xiralashib, tizzalari titradi, xontaxta chekkasiga cho‘kkalab, hushidan ketdi... Bir zamon ko‘zini ochsa kasalxonada yotar, yonida o‘g‘li, kelini termulib o‘tirishardi. U bolalariga bazo‘r qarab qo‘ydi, ko‘zlarini yumdi. Bemorga tikilib o‘tirganlarning ko‘nglidagi vahima o‘rnini allaqanday ilinj egallay boshladi. Xosiyat buvining o‘g‘li «Hayriyat!» deb chuqur nafas oldi, xotiniga nimalardir pichirlab o‘rnidan turdi. Kampir o‘g‘lining qo‘zg‘alganini sezdi, lekin ko‘zini ochishga quvvati bo‘lmadi, yuragi o‘g‘lining yo‘lakdan uzoqlashayotgan qadam tovushiday duk-duk ura boshladi. «Otasi ham xuddi shunaqa tez-tez yurardi», xayolidan o‘tkazdi u. Bola-chaqalarining yelib-yugurib qolganidan Xosiyat buvi ahvoli ancha og‘ir ekanligani tushundi. Qo‘ni-qo‘shnilar, qarindosh-urug‘lar serqatnov bo‘lib qolishdi. Gohida o‘g‘li, asosan, kelini boshida navbatchilik qilishardi. Xosiyat buvining ikki singlisi bor. Kichigi shanba kuni keldi. U uyida ustalar ishlayotgani uchun tez-tez kelolmayotganidan o‘kingan singlisini ko‘rib o‘sha kuni kech ketdi. Ertasiga yana keldi. Xosiyat buvining o‘g‘li xolasining bunchalik mehri tovlanib qolganidan quvonib ketdi. (Т. Mahmud) Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling